Kontent qismiga oʻtish

Buxoro vino zavodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buxoro vino zavodi, „Shohrud“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining vino zavodi — vinoaraq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasi. „Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding“ kompaniyasi tarkibiga kiradi. Buxoro shahrida joylashgan. 1941-yilda Buxoro vino zavodi nomi bilan tashkil etilgan. 1994-yildan „Shohrud“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Asosan kuchsiz („Bayan shirey“, „Bihishti“, „Oq jilvon“, „Qizil jilvon“), kupli („Shohrud“) va desert („Jondor“, „Amiri“, „Kagor“) uzum vinolari, araq(„Shoxrud“), Balzam(„Shifobaxsh“) brendi, Konyak(„Buxoro“) va uzum sharbatlari ishlab chiqaradi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan olingan zamonaviy texnologik jihozlar oʻrnatilgan[1].

  1. "Buxoro vino zavodi" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil