Buxgalteriya balansi
Qiyofa
Buxgalteriya balansi – buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablagʻlarning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat koʻrinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablagʻlarning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat boʻlib, chap tomoni aktiv, oʻng tomoni passiv deb ataladi. Aktiv va passiv bir-biriga teng boʻladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ arxiv nusxasi, 2017-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-01-25
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |