Kontent qismiga oʻtish

Buxenvald

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buxenvald (Buchenwald) — nemis-fashistlarning Veymar shahri (Sharqiy Germaniya) yaqinidagi konslageri (1937—45). Dastlab Ettersberg deb atalgan. 8 yil ichida 239 mingga yaqin kishi Buxenvald mahbusi boʻlgan. Urush yillarida Buxenvaldda 18 millatga mansub 56 ming mahbus qatl etilgan. 1958-yil Buxenvaldlageri oʻrnida memorial kompleks ochilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil