Kontent qismiga oʻtish

Buxarest universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
rumincha: Universitatea din București
Asos solingan sanasi 1864-yil
Veb-sayti http://www.unibuc.ro/

Buxarest universiteti (rumincha: Universitatea din București) — Ruminiyadagi eng yirik universitetlardan biri. 1864-yil bir necha kollejlarning birlashuvi natijasida davlat oliy oʻquv yurti sifatida tashkil etilgan. Buxarest universiteti biologiya, geologiya, geografiya, tarix, german tillari, slavyan, roman va sharq tillari, rumin tili va adabiyoti, fizika, matematika, kimyo, falsafa, huquqshunoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 7 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 1,5 mln dan ortiq asar saqlanib kelinadi.