Butunjahon televideniye kuni
Butunjahon televideniye kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: inglizcha: World Television Day, ispancha: Día Mundial de la Televisión, fransuzcha: Journée internationale de la télévision) — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining taklifiga binoan (A/RES/51/205 sonli rezolyutsiyasi) 1997-yildan beri har yili 21-noyabrda nishonlanadigan xalqaro kun.
1996-yil 17-dekabrda Bosh Assambleyaning 88-yalpi majlisida birinchi navbatda tinchlik, xavfsizlik, rivojlanish va madaniy almashinuvni kengaytirish kabi masalalar bo‘yicha teledasturlar almashinuvini rag‘batlantirish maqsadida ushbu Butunjahon kunini nishonlashni taklif qildi.
1996-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining birinchi Butunjahon televideniyesi forumini nishonlash uchun 21-noyabr kuni tanlangan.
BMT Bosh kotibi 2002-yilda Butunjahon televideniye kuni munosabati bilan o‘z murojaatida shunday taʼkidlagan edi:
"Har yili Butunjahon televideniye kunini nishonlash televideniyening tinchlik va taraqqiyotga ko‘maklashishdagi rolini taʼkidlash maqsadida o‘tkaziladi".
— Kofi Annan
Shuningdek, televideniye radio va internet bilan bir qatorda murosasizlik, stereotiplar, g‘ayriinsoniy materiallarni tarqatish vositasiga aylanib qolmaslikdan ehtiyot bo‘lishi kerakligini taʼkidladi.