Butadiyen
Butadiyen, divinil, CH2=CH-CH=CH2 — organik birikma; qoʻlansa hidli rangsiz gaz. Mol. m. 54,09. Suyuqlanish temperaturasi — 108,9°, qaynash temperaturasi 4,5°. Zichligi 621 kg/m3 (20°). Suv, spirtda yomon, kerosin va organik erituvchilarda yaxshi eriydi; havo bilan portlaydigan aralashma hosil qiladi. Qoʻsh bogʻlari borligidan vodorod, galogenlar, galogenvodorodlar va boshqa elektrofil reagentlarni biriktirib oladi: CH2=CH-CH=CH2+Vg2"SN2Vg CH=CH—CH2Vg. Butadiyen oson polimerlanib, qimmatli kauchuklar (butadiyen kauchuklar, butadiyennitril kauchuklar, butadiyenstirol kauchuklar, vinilpiridin kauchuk) hosil qiladi. Neftni qayta ishlash gazlari bilan yoʻlakay gazlardagi normal butan va butilenlarni katalitik degidrogenlash yoʻli bilan butadiyen olish sanoatda eng samarali usuldir. Etil spirt bugʻini degidratlovchidegidrogenlovchi katalizator yuzasidan oʻtkazish yoʻli bilan ham butadiyen olinadi. Butadiyen neft mahsulotlarini piroliz kilish gazlaridan etilen va boshqa olefinlar ishlab chiqarishda ham hosil boʻladi. Butadiyen sintetik kauchuklar olishda asosiy monomerlardan biri sifatida, plastmassa sanoatida, xloropen, butilenglikol va boshqa organik moddalar sintez qilishda ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |