Kontent qismiga oʻtish

Burhoniddin Dasuqiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sayyid Ibrohim Burhoniddin Dasuqiy (1238-yil Misr, – 1272-yil)- Dasuqiya tariqati asoschisi.

Burhoniddin Dasuqiy toʻrt tariqat[1] murshidi boʻlgan. Otasi rifoiya tariqati murshidi edi. Otasidan rifoiya tariqati ijozasini olgan. Keyin ham rifoiya va suhravardiya murshidi boʻlgan Najmiddin Isfahoniyga murid tushib undan ham ijoza olgan. Burhoniddin Dasuqiy shoziliya tariqatidan ham ijozasi boʻlgan. Shunday qilib u ham oʻzi asos solgan dasuqiya va yana rifoiya, suhravardiya va shoziliya tariqatlari murshidi xisoblanadi.

Burhoniddin Dasuqiy ‘’Haqoyiq’’, ’’Javohir’’, ‘’Javharaʼ’ nomlik asarlar yozgan.

  1. Turar, Usmon. Tasavvuf tarixi. Toshkent: Istiqlol, 1999 — 190-bet. ISBN BBK 86.38.