Burchak oʻlchovlari
Burchak oʻlchovlari 1) geodezik ishlarni bajarishda Burchak oʻlchovlari teodolit yordamida amalga oshiriladi. Gorizontal burchaklar yuqori aniqlikda (oʻrta kvadratik nuqsoni — 0.5"—1,0"), aniq (2"—1") va texnikaviy aniqlikda (10"—30") oʻlchanadi. Teodolit yordamida vertikal burchaklarni ham oʻlchash mumkin; 2) kon ishlarida uncha aniklikni talab qilmaydigan marksheiderlik syomkalarida gorizontal va vertikal burchaklar hamda masofalar kon burchak oʻlchagichi — taxeometr yordamida oʻlchanadi; 3) mashinasozlikda burchaklar prizmatik burchak oʻlchovlari, burchakliklar, konussimon kalibrlar, andazalar, tangens va sinus chizgʻichlari (lineykalari), noniusli burchak oʻlchagichlar, optik burchak oʻlchagichlar, boʻlish kallagi, teodolitlar, kvadrantlar, goniometrlar va boshqa asbob hamda moslamalar yordamida oʻlchanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |