Kontent qismiga oʻtish

Bum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bum (ing. boom — shov-shuv) — 1) ishlab chiqarish narxlari va boshqa xoʻjalik koʻrsatkichlarining tezkor oʻsishi bilan tavsiflanadigan iqtisodiy siklning yuqori fazasi; tovarlar narxlari va qimmatbaho qogʻozlar kursining koʻtarilishi koʻrinishida yuz beradigan ishlab chiqarish va savdoning qisqa muddatli yuksalishi. Ishlab chiqarishdagi B. koʻpincha iqtisodiy tanglik boshlanishidan oldin roʻy beradi; 2) biror voqea, hodisa, shuningdek kimsa toʻgʻrisida mishmish, shovshuv koʻtarilishi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil