Kontent qismiga oʻtish

Bulbul xotun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bulbul xotun
Tavalludi nomaʼlum
nomaʼlum
Vafoti 1515-yil
Bursa, Usmoniylar davlati
Fuqaroligi Usmoniylar davlati
Turmush oʻrtogʻi Boyazid II
Bolalari Shahzoda Ahmad, Xundi Sulton

Bulbul xotun (turkcha: Bülbül Hatun; 1515-yilda Bursada vafot etgan) – usmoniylar sultoni Boyazid IIning kanizagi, shahzoda Ahmad, Xundi sulton va ehtimol, sultnonning boshqa bolalari onasi.

Bulbulning haramdagi hayoti haqida deyarli hech qanday maʼlumot yoʻq. Turk tarixchisi Nejet Sakaoʻgʻluning yozishicha, u Boyazid IIning kanizak xotinlaridan biri va ikki farzandining onasi boʻlgan. U, shuningdek, Bulbul nomi usmonli tarixchisi Surey Mehmedbeyning „Usmonlilar roʻyxati“da qayd etilmagani, lekin uning kanizaklik mavqei haram kitoblarida qayd etilgan otasining ismi „Abdulloh“ bilan koʻrsatilganligini taʼkidlaydi[1].

Bulbul xotunning oʻgʻli shahzoda Ahmad Amasya hokimi (sanjoqbeyi) boʻlgan va u yerda davlat boshqaruvida tajriba orttirgan. Anʼanaga koʻra, Bulbul xotun oʻgʻliga hamroh boʻlgan. Bulbul merosxoʻrning onasi sifatida uning haramidagi masalalarni hal qilishdan tashqari, imperiyaning koʻplab hududlarida xayriya ishlari bilan shugʻullangan: Amasyaning Xotuniya tumanida u masjid, maktabxona, muhtojlar uchun oshxona va favvora; Baxshi tumanida muhtojlar uchun masjid va oshxona, Bursada madrasa qurdirgan. 1509-yilda u oʻz mulkini xayriya jamgʻarmasiga (vaqf) oʻtkazdi va yuqoridagi binolarning ishlashini taʼminlashda mablagʻ ajratadi[1][2].

1513-yilda Salim I Yovuz taxtga oʻtirgach, Bulbul xotunning oʻgʻlini qatl qilishni buyuradi va uning oʻzi esa Bursaga surgun qildirgan, oʻgʻli Murodiya masjidida dafn qilingan[1][2]. Toʻpqopi saroy muzeyi arxivida uning Sulton Salimga yozgan va „qulingiz Bulbul xotun“ deb imzo chekkan xati bor. Bulbul bu maktubida oʻgʻliga meros sifatida berilgan maosh hammom yoki karvonsaroy qurishga, oʻgʻlining maqbarasi uchun vaqf qoldirishga yetarli emasligini, faqatgina bu miqdor shahzoda Ahmadning beva qolgan kanizaklarigagina yetishi, shuning uchun u sulton Murod II vaqfi daromadining bir qismini oʻgʻli xotirasiga Qurʼon oʻqish uchun ajratishni soʻragan[1].

Bulbul xotun 1515-yilda Bursada vafot etdi va Murodiya masjididagi oʻgʻlining yoniga dafn qilingan[1][2].

Albatta, Bulbulning farzandlari Shazoda Ahmad va Xundi Sulton[1][3][2] boʻlishgani aniq.

Bundan tashqari, turk tarixchisi Chagʻatoy Uluchay Bulbulning oʻgʻli shahzoda Mahmud ham boʻlishi mumkinligini taxmin qiladi[4]. Olim Entoni Alderson Uluchayga asoslanib, Boyazid IIning qizi Oysha Sulton ham shahzoda Ahmad yoki shahzoda Qoʻrqutning tugʻishgan singlisi boʻlganini yozadi; demak, Oysha ham Bulbulning qizi boʻlishi mumkin[5]. Alderson yana Uluchayga tayanib, shahzoda Mahmud va Gavhar Muluk Sultonning tugʻishgan opa-uka boʻlganligini, Mahmud Bulbulning oʻgʻli boʻlgan taqdirda Gavhar Muluk ham uning qizi ekanligini qayd qiladi[6].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Sakaoğlu 2015, s. 189.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Uluçay 1988, s. 44.
  3. Alderson 1956, table XXVIII.
  4. Uluçay 1988, s. 44 (notec 3).
  5. Alderson 1956, table XXVIII (notec 14).
  6. Alderson 1956, table XXVIII (notec 7).
  • Alderson Anthony Dolphin. The Structure of the Ottoman Dynasty. Oxford: Clarendon Press, 1956. 
  • Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2015. ISBN 978-9-753-29623-6. 
  • Uluçay M. Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Türk Tarih Kurumu, 1988.