Budjetdan moliyalash
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Budjetdan moliyalash — qaytarilmasdan va begʻaraz ravishda byudjetdan mablagʻlar ajratish . Budjetdan moliyalash Davlat byudjetidan davlat buyurtmalarini amalga oshirish, davlat dasturlarini bajarish, davlat tashkilotlarini saqlash bn bogʻliq xarajatlarga pul mablagʻlari ajratish. Budjetdan moliyalash davlat xarajatlarini amalga oshirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlatning asosiy xarajatlari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanib, ular davlat ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi. Bajaradigan xususiyatiga koʻra, odatda, oʻz mablagʻlariga ega boʻla olmaydigan, ammo ularning faoliyati jamiyat va davlat ehtiyojlarini qondirishning zaruriy sharti boʻlgan tashkilotlarning xarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga toʻliq qoplanadi. Ularga oʻz xarajatlarini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplaydigan va smeta-byudjet yoʻli bn moliyalashtirish tartibida xarajatlarini amalga oshiradigan ishlab chiqarish sohasiga kirmaydigan tashkilotlar (ijtimoiy — madaniy muassasalar, davlat hokimiyati organlari va b.) kiradi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi