Budjet intizomini buzish
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Budjet intizomini buzish — talablariga rioya etmaslik natijasida byudjetda asossiz taqchillik paydo boʻlishi, talab qilingan vositalar, mablagʻlar bn muhtoj boʻlgan muassasa va tashkilotlarning taʼminlanmasligi. Budjet intizomini buzish davlat mablagʻlarini samarali, toʻliq natija bn va oʻz oʻrnida ishlatishga imkon bermaydi. Buning natijasida aholining alohida qatlamlari orasida boqimandalik, norozilik muhiti shakllanadi. Oʻtkazilayotgan islohotlarni jamiyat idrok qilishiga salbiy taʼsir qiladi, ularni obroʻsizlantiradi . Budjet intizomini buzish foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obʼektlarni yashirish, kamaytirib koʻrsatish, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yigʻimlarni, boj yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashda ifodalanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi