Bryan Rust
Bryan Rust | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
11-may 1992-yil Pontiac, Michigan, AQSH | ||
Boʻyi | 5 ft 11 in (180 cm) | ||
Ogʻirligi | 195 lb (88 kg; 13 st 13 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | oʻng qanot | ||
NHL | Pittsburgh Penguins | ||
NHLga kirish drafti |
80-oʻrindagi tanlov, 2010 Pittsburgh Penguins | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2014—hozirgacha |
Bryan Peter Rust (talaffuzi: Brayan Piter Rust) (1992-yil 11-mayda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bryan Rust Michigan shtatining Pontiac shahrida tugʻilgan, ammo Michigan shtatining Troy shahrida oʻsgan[1].
Oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligida Bryan Rust 2005-yilgi Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Detroit Honeybaked“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[2].
Keyinchalik Bryan Rust oʻzining faoliyatini (2010-yildan 2014-yilgacha) Notre Dame universiteti xokkey jamoasida oʻtkazgan. Bryan Rust universitet jamoasi bilan jami 161 oʻyinda maydonga tushib, 97 ochko toʻplagan. Bryan Rust 2010-yilgi IIHF U18 jahon chempionatida AQSh jamoasi safida va 2013-yilgi Notre Dame xokkey jamoasi safida CCHA turnirida oltin medalni qoʻlga kiritdi[3].
Bryan Rust AHLdagi debyut oʻyinini 2013—2014-yilgi AHL mavsumida „Wilkes-Barre/Scranton Penguins“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. Bryan Rust NHLdagi debyut oʻyinini 2014-yil 13-dekabrda „Pittsburg Penguins“ xokkey klubi safida „ Columbus Blue Jackets“ xokkey jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi[4]. Bryan Rust NHLdagi ilk golini 2014-yil 15-dekabrda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi darvozaboni Evgeni Nabokov darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi[5].
Bryan Rust 2015—2016-yilgi mavsumda „Penguins“ xokkey klubi safida 33 oʻyinda 8 ochko toʻpladi. Shundan soʻng, Bryan Rust hamkasblari Scott Wilson va Tom Kühnhackl bilan birga „Pittsburgh“ xokkey jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi[6].
2016-yil 5-dekabrda Bryan Rust „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan uchrashuvda (8-5 hisobida g‘alaba) faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi[7].
2017—2018-yilgi mavsumda Bryan Rust golli uzatma va ochkolar boʻyicha karyerasidagi eng yuqori koʻrsatkichlarni qayd etdi. Bryan Rust „Penguins“ xokkey jamoasining 2018-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichiga olib chiqishiga yordam berdi[8]. 2018-yilning 26-iyunida Bryan Rust „Penguins“ xokkey klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma yillik oʻrtacha 3,5 million dollarni tashkil qilar edi[9].
2021-yil 1-may kuni Bryan Rust NHLdagi 99 va 100-gollarini „Washington Capitals“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda kiritdi[10].
2022-yil 22-mayda, toʻrt yillik shartnomasining soʻnggi yilida, Bryan Rust „Penguins“ xokkey klubi bilan olti yillik 30,75 million dollarlik shartnoma imzoladi[11].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2008—2009 | U. S. NTDP U17 | USDP | 25 | 3 | 4 | 7 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2008—2009 | U. S. NTDP U18 | NAHL | 42 | 6 | 9 | 15 | 18 | 9 | 0 | 2 | 2 | 4 | ||
2009—2010 | U. S. NTDP Juniors | USHL | 27 | 10 | 13 | 23 | 6 | — | — | — | — | — | ||
2009—2010 | U. S. NTDP U17 | USDP | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2009—2010 | U. S. NTDP U18 | USDP | 65 | 26 | 26 | 52 | 24 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Norte Dame universiteti | CCHA | 40 | 6 | 13 | 19 | 4 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Norte Dame universiteti | CCHA | 40 | 5 | 6 | 11 | 14 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Norte Dame universiteti | CCHA | 41 | 15 | 19 | 34 | 4 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Norte Dame universiteti | HE | 40 | 17 | 16 | 33 | 12 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Wilkes-Barre/Scranton Penguins | AHL | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2014—2015 | Wilkes-Barre/Scranton Penguins | AHL | 45 | 13 | 14 | 27 | 14 | 3 | 2 | 0 | 2 | 0 | ||
2014—2015 | Pittsburgh Penguins | NHL | 14 | 1 | 1 | 2 | 4 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Wilkes-Barre/Scranton Penguins | AHL | 16 | 3 | 3 | 6 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Pittsburgh Penguins | NHL | 41 | 4 | 7 | 11 | 12 | 23 | 6 | 3 | 9 | 6 | ||
2016—2017 | Pittsburgh Penguins | NHL | 57 | 15 | 13 | 28 | 8 | 23 | 7 | 2 | 9 | 10 | ||
2017—2018 | Pittsburgh Penguins | NHL | 69 | 13 | 25 | 38 | 26 | 12 | 3 | 0 | 3 | 4 | ||
2018—2019 | Pittsburgh Penguins | NHL | 72 | 18 | 17 | 35 | 24 | 4 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
2019—2020 | Pittsburgh Penguins | NHL | 55 | 27 | 29 | 56 | 30 | 4 | 1 | 2 | 3 | 2 | ||
2020—2021 | Pittsburgh Penguins | NHL | 56 | 22 | 20 | 42 | 18 | 6 | 2 | 1 | 3 | 4 | ||
2021—2022 | Pittsburgh Penguins | NHL | 60 | 24 | 34 | 58 | 14 | 7 | 2 | 6 | 8 | 4 | ||
NHL jami | 424 | 124 | 146 | 270 | 136 | 79 | 21 | 14 | 35 | 32 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jamoa | Tadbir | Natija | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2009-yil | Qoʻshma Shtatlar | U17 | 6 | 1 | 1 | 2 | 2 | ||
2010-yil | Qoʻshma Shtatlar | U18 | 7 | 4 | 2 | 6 | 4 | ||
Jami | 13 | 5 | 3 | 8 | 6 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „NHL Entry Draft Year by Year Results“. National Hockey League.
- ↑ „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-fevral.
- ↑ „NHL Entry Draft Year by Year Results“. National Hockey League."NHL Entry Draft Year by Year Results". National Hockey League.
- ↑ „3 Impressions: Blue Jackets 4, Pens 3 (SO)“. Pittsburgh Penguins (2014-yil 13-dekabr).
- ↑ Crechiolo. „3 Impressions: Pens 4, Bolts 2“. Pittsburgh Penguins (2014-yil 15-dekabr).
- ↑ „Bryan Rust, Scott Wilson, Tom Kuhnhackl Each Sign Two-Year Contract Extensions“. NHL.com (2016-yil 14-mart). Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
- ↑ „Bryan Rust hat trick catches Senators sleeping“. CBC. Associated Press (2016-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 5-dekabr.
- ↑ Chiappelli. „Penguins re-sign Bryan Rust to 4-year deal worth 104M“. sportingnews.com (2018-yil 26-iyun). 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
- ↑ „Penguins re-sign winger Bryan Rust to four-year contract“. sportsnet.ca (2017-yil 26-iyun). Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
- ↑ Crechiolo. „Rust Comes Up Clutch“. NHL.com (2021-yil 1-may). Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „Penguins act fast, give F Rust six-year extension“ (en). ESPN.com (2022-yil 22-may). Qaraldi: 2022-yil 23-may.