Kontent qismiga oʻtish

Bronxoektatik kasallik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bronxoektatik kasallik
A-rasmda o‘pkaning normal nafas yo‘llari va kengaygan nafas yo‘llari bilan kesmasi ko‘rsatilgan. B-rasmda normal nafas yo‘lining kesimi ko‘rsatilgan. C-rasmda esa bronxoektaziya mavjud bo‘lgan nafas yo‘lining kesimi ko‘rsatilgan.
Mutaxassislik Pulmonologiya
Davomiyligi Uzoq muddatli
Sabablari Infeksiyalar, kistoz fibroz, irsiy kasalliklar
Tashxis usullari Simptomlarga ko'ra kompyuter tomografiyasi orqali
Differensial tashxis Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, asbestoz, traxeobronxomalyatsiya
Oldini olish Antibiotiklar, bronxolitiklar, o‘pka transplantatsiyasi

Bronxoektatik kasallik, bronxoektazlar (bronx va yunoncha ektasis – choʻzilish) – nafas aʼzolari kasalligi, bronxlarning kengayishi (bronxoektaz) bilan kechadi. Tugʻma (ko;p bronxoektazlar) va bronxlar devorining yalligʻlanishi (oʻpka sili, koʻkyoʻtal, surunkali bronxit, zotiljam, gripp va boshqalar) tufayli orttirilgan bronxoektazlar farq qilinadi. Bronxoektatik kasallik da bronxlardagi yalligʻlanish jarayoni oʻpka, yurak, buyrak va boshqa aʼzolar faoliyatiga ham taʼsir qiladi. Dastlab kasallik sezilmasligi mumkin, zoʻriqqanda bemorning eti uvishadi, isitmalaydi, yoʻtalib balgʻam tashlaydi, koʻpincha ertalab ogʻiz toʻla balgʻam keladi (sutkada 1 l gacha), u qoʻlansa va yiringli boʻladi. Bronxoektatik kasallik uzoq davom etib, koʻpincha avj olib boradi. Unga tashxis qoʻyish uchun bronxografiya oʻtkaziladi. Kasallikka xos dastlabki belgilar paydo boʻlganda, darhol vrachga murojaat etish kerak. Aks holda yurak-tomir tizimi va buyrakda turli asoratlar yuzaga kelishi va bemorning ish qobiliyati pasayishi mumkin.

Kasallik xuruj qilganda bemor kasalxonada davolanadi. Organizmning umumiy quvvatini oshiruvchi dorilar buyuriladi, iqlim bilan davolash, zarur boʻlsa jarrohlik usuli qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil