Brilliant yashili
Qiyofa
Brilliant yashili — koʻkdopi, asosan trifenilmetan boʻyoq moddasi, antiseptik taʼsirga ega; tibbiyot amaliyotida 0,1—2% li spirtdagi yoki suvdagi eritmasi ishlatiladi. Terini kuydirmaganligi uchun murgʻak bolalar terisi, shilliq qavatlari kasallanganda, yiringli jarayonlarda, kuyganda, shuningdek jarroxlik operatsiyasidan oldin surtiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |