Brijtaun
Qiyofa
(Bridjtaundan yoʻnaltirildi)
Brijtaun (inglizcha: Bridgetown) — Vest-Indiyadagi Barbados davlatining poytaxti (1966-yildan), mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 97,5 ming kishi (1990- yillar oʻrtalari, shahar atrofi bilan). Karib dengizi boʻyidagi port. Xalqaro miqyosdagi aeroport, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, sanʼat va bilim kolleji, kutubxona, muzey bor. B. orqali chetga shakarqand va rom chiqariladi. Kurort shahar. Shaharga 17-asrda asos solingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |