Kontent qismiga oʻtish

Breadcrumb

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Breadcrumb tasviri

Breadcrumb (non boʻlaklari) grafik boshqaruv elementi, sahifa interfeysida oson yoʻnaltirish imkonini beruvchi navigatsiya menyusining bir turi. Bu ibora Hansel va Gretel ertagidagi ikki aka-singilning uyga qaytish yoʻlini eslab qolish uchun yerga sochilgan non boʻlaklaridan foydalanish holatlariga nisbatan olingan[1].

Foydalanilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Veb-saytlarda foydalanish Breadcrumb yaʼni non boʻlaklari odatda sayt sarlavhalari yoki yuqori menyu ostida gorizontal holatda yoziladi. Foydalanilish mazmuni shunday: foydalanuvchi oʻzi tashrif buyurgan sahifaning pastki sahifasiga yoki oldingi sahifaga qaytishni xohlaganida yuqorida paydo boʻlgan ushbu boʻlaklar menyusi orqali avvalgi sahifaga yoki acha avvalgi sahifaga osonlik bilan qayta oladi. Bu ishning mazmuni pastki va yuqori sahifalar orasidagi doimiy oldinga va orqaga tugmasini bosish oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻsha sahifa havolasini bosish orqali ichki sahifalar oʻrtasida yana-da qulayroq natijaga erishishga asoslangan.

Odatiy boʻlakning koʻrinishi:

Bosh sahifa > Boʻlim sahifasi > Pastki boʻlim sahifasi

Dasturiy taʼminot

Bir qancha ish stoli va mobil ilovalar ham ushbu navigatsiya tizimidan oson foydalanadi.