Braziliya oqimi
Qiyofa
Braziliya oqimi — Atlantika okeanidagi iliq oqim. Janubiy Passat oqimining Janubiy Amerika qirgʻoklari yaqinidagi tarmogʻi. SanRoki burni (Janubiy Amerika) dan boshlanib, Braziliya qirgʻoqlari boʻylab 40° jan. kenglikkacha boradi, bu yerda Folklend sovuq okimi va Gʻarbiy Shamollar oqimi nomli sovuq oqim bilan toʻqnashadi. Tezligi soatiga 1–2 km. temperaturasi 18—26°. Shoʻrligi 35—37,25‰ va undan ortiq.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |