Braytsef-Lixtenshteyn kasalligi
Braytsef-Lixtenshteyn kasalligi | |
---|---|
Fayl:Braytsef-Lixtenshteyn kasalligi Braytsef-Lixtenshteyn kasalligi | |
KXK-10 | M85[1] |
Braytsef-Lixtenshteyn kasalligi — Bu kasallik ikki olim tomonidan bir biridan bexabar xolda kash etilgan shu sababdan bu kasallika ikka olimning ham nomi berilgan[2]. Bu kasallikda xomila skeletining suyaklanish jarayoni izdan chiqishi va bu jarayonning xali toʻla oxiriga yetmagan bosqichida ayrim joylarda toʻxtab qolishi oqibatida kelib chiqadi. Kasallik koʻpincha oʻgil bolalarda uchrab, 8- 10 yoshlarda namoyon boʻladi. Tolasimon (fibroz) biriktiruvchi toʻqima fibroz displaziyasining oʻchoqli va kup sonli (bir tomonlama va ikki tomonlama) turlari mavjud[3].
Klinika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Obyektiv belgilari subyektiv belgilaridan oldin namoyon boʻladi. Asosiy belgilari: suyaklar shaklining oʻzgarishi, oyoqning kaltaligi tufayli oqsoqlanish. Displastik toʻqimaning oʻsishi qoʻl-oyoq shaklining buzilishiga, oʻqining qiyshayib yoʻg'onlashishiga olib keladi. Oyoqda shaklning buzilishi son va katta boldir suyaklarining proksimal qismida uchraydi, kalla va yuz suyaklari xam zararlanishi mumkin. Zararlanish bir tomonlama boʻlsa, bemorning tashqi koʻrinishi oʻzgaradi. Koʻpincha patologik sinishlar kuzatiladi (asosan oyoqda uchraydi). Koʻp xollarda teri patologik pigmentatsiyasi, jinsiy balogatga yetishning oʻzgarishi, skelet oʻsishining buzilishi kuzatiladi. Tolasimon biriktiruvchi toʻqima displaziyasi modomiki skeletning tug'ma nuqsoni ekan, boshqa tug'ma nuqsonlar bilan birga uchrashi xam mumkin[4].
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu kasallikni davolash jarroxlik yoʻli blan olib boriladi. Xpzirgi vaqtda Ilizarov apparati qoʻllanilmoqda. Mazkur apparat qoʻllanilganda bir vaqtda patologik oʻchoklar yoʻqotiladi,buzilgan shakl bartaraf etiladi va kaltalashgan suyak uzaytiriladi. Togʻay displaziyasining yana bir qancha turlari boʻlib, epifizda oʻsuvchi togʻay rivojlanishining buzilishi (Blaunt kasalligi), epifizdagi togʻay toʻqimasi (epifizar displaziyaning turli xillari) va metafizar displaziyaning kam uchraydigan turlari mavjud. Togʻay displaziyasining yuqorida sanab oʻtilgan turlarining xammasi tug'ma kasallik boʻlib, ularni davolash bir xil[5].
Prognoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bemorlar jarrohlik yo'li bilan muvafaqiyatli operatsiya qilinganlaridan so'ng bu kasallik bemorlarda aynan operatsiya o'tkazilgan sohada kuzatilmagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://mkb-10.com/index.php?pid=12543
- ↑ http://newvrach.ru/bolezn-brajceva-lixtenshtejna-fibroznaya-osteodisplaziya.html
- ↑ https://cito11.ru/chto-my-lechim/kostnaya-patologiya/fibroznaya-displaziya/
- ↑ https://www.doctors.am/ru/diseases/bolezn-braytsevalikhtenshteyna
- ↑ http://www.orthoped.com.ua/index.php?id=95
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Травматология и ортопедия. Травматология и ортопедия. Юмашев Г. С (1990)
- Шаповалов В.М., Грицанов А.И., Ерохов А.Н. (ред.) Травматология и ортопедия (2002)