Kontent qismiga oʻtish

Branka Raunig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Branka Raunig
Tavalludi 1-yanvar 1935-yil
Vafoti 13-iyun 2008-yil(2008-06-13)
(73 yoshda)
Bihać
Fuqaroligi Bosniya va Gerzegovina bayrogʻi Bosniya va Gertsogovina
Kasbi arxeolog; muzey direktori.

Branka Raunig (1935-yil 1-yanvar — 2008-yil 13-iyun) bosniyalik arxeolog, ibtidoiy jamiyat davri tarixchisi va muzey kuratori boʻlgan.

Hayotining ilk davrlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raunig 1935-yil 1-yanvarda Sarayevoda tugʻilgan[1]. Yoshligi Kraljevoda oʻtgan[2]. 1954-yildan 1958-yilgacha Belgrad universitetining falsafa fakultetida arxeologiya boʻyicha tahsil olgan[2]. Branko Gavela uning murabbiylaridan biri boʻlgan[2].

Oʻqishni tugatgandan soʻng, Raunig Bosniya Gersegovinaga koʻchib oʻtgan va bu yerda Bihaćdagi Pounje muzeyida ishlagan[3]. U yerda japodilarga oid arxeologik materiallar ustida ishlab, umrbod shu ishga oʻzini bagʻishlagan[3][4]. 1963-yilda Raunig Đakovo viloyati muzeyiga ishga oʻtgan va u yerda Pounje hududiga eʼtibor qaratgan holda japodilar mavzusida ishini davom ettirgan[3]. Oʻsha hududdan olingan materiallar uning magistrlik dissertatsiyasi mavzusi boʻlib, 1971-yilda mukofotlangan[3]. Raunig 1987-yildan to 1998-yil nafaqaga chiqqunga qadar Pounje muzeyining direktori lavozimida faoliyat olib borgan[3]. 1992-yilda japodi qabilasining sanʼati va dini boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va doktorlik darajasiga erishgan[5].

Faoliyati davomida: Crkvina Golubić, Vranduk, Pod, Gradina va Sojeničko hamda Gradiška yaqinidagi kabi bir qator muhim hududlarda qazish ishlarini olib borgan[6]. Đakovoda dafn marosimi arxeologiyasini oʻrgangan va u yerda Rim madaniyati makonining mavjudligini aniqlashda muhim rol oʻynagan[7][8]. Shuningdek, bu yerda masjid qazishmalarni boshqargan[9]. Raunig moddiy madaniyatning koʻp jihatlari bilan qiziqqan va La Tene kulollari qazilgan Krčananing muhim hududida keramika materiallarini oʻrgangan[10]. Mintaqada qazib olingan ibtidoiy jamiyat davriga oid qurollarni oʻrgangan[11]. Raunigning asosiy qiziqishi Bosniya tarixi bilan bogʻliq boʻlsa-da, oʻrta asrlardagi qazilma hududlarda ham faoliyat olib borgan[12].

Raunig 2008-yil 13-iyunda Bihaćda pnevmoniyadan vafot etgan[13].

  1. d.o.o. „Umrla Branka Raunig“. infobiro.ba. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Sjećanje na Branku Raunig (1935-2008)“ (bs). Zemaljski muzej Bosne i Hercegovine (2018-yil 13-iyun). Qaraldi: 2020-yil 17-may.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Sjećanje na Branku Raunig (1935-2008)“ (bs). Zemaljski muzej Bosne i Hercegovine (2018-yil 13-iyun). Qaraldi: 2020-yil 17-may.
  4. Španiček. „Kronologija muških grobova japodske kulture tijekom željeznog doba“ (hr). darhiv.ffzg.unizg.hr (2017). Qaraldi: 2020-yil 17-may.
  5. Raunig, Branka.. Umjetnost i religija prahistorijskih japoda, Juzbašić, Dževad., Sarajevo: Akademija nauka i umjetnosti Bosne i Hercegovine, 2004. ISBN 9958-501-32-5. OCLC 155750143. 
  6. „Sjećanje na Branku Raunig (1935-2008)“ (bs). Zemaljski muzej Bosne i Hercegovine (2018-yil 13-iyun). Qaraldi: 2020-yil 17-may.
  7. Raunig, Branka (1980). "Dva kasnoanticka groba iz okolice Ðakova" (sh). Vjesnik Arheoloskog Muzeja U Zagrebu (12–13): 151–170. https://www.bcin.ca/bcin/detail.app?id=43859. [sayt ishlamaydi]
  8. Migotti, Branka (2001). "Je li rimska Certisija bila na Štrbincima kod Đakova?" (hr). Zbornik Muzeja Đakovštine 5 (1): 77–96. https://hrcak.srce.hr/219723. 
  9. Boras, Jelena (2019-12-18). "Pregled dosadašnjih arheoloških istraživanja u Đakovu - prilog proučavanju urbane matrice srednjovjekovnog i novovjekovnog Đakova" (hr). Zbornik Muzeja Đakovštine 14 (1): 7–40. https://hrcak.srce.hr/index.php?show=clanak&id_clanak_jezik=336787. 
  10. Raunig, B. (1996-12-22). "Krčana - naselje mlađeg željeznog doba u selu Trnovi u sjeverozapadnoj Bosni" (hr). Opvscvla Archaeologica 20 (1): 39–69. ISSN 0473-0992. https://hrcak.srce.hr/5423. 
  11. Raunig, Branka (2002). "Slučajni nalazi prahistorijskog oružja iz Bihaćkog polja" (bs). Godišnjak Centra za balkanološka ispitivanja (32): 267–282. ISSN 0350-0020. https://www.ceeol.com/search/article-detail?id=754596. 
  12. Mekanović, Husein Sejko (2019). "Srednjovjekovne crkve Svetog Martina iz Toursa na području općine Velika Kladuša" (bs). Bosna Franciscana (50): 101–112. ISSN 1330-7487. https://www.ceeol.com/search/article-detail?id=771072. 
  13. Forić, Melisa (2008). "Branka Raunig (1935-2008)" (bs). Godišnjak Centra za balkanološka ispitivanja (37): 264–265. ISSN 0350-0020. https://www.ceeol.com/search/article-detail?id=608629.