Kontent qismiga oʻtish

Boyoʻgʻlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boyqushlardan yoʻnaltirildi)
Boyoʻgʻlilar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Boyoʻgʻlilar, boyqushlar – yapaloqqushlar oilasiga mansub tungi yirtqich qushlar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikada tarqalgan, 20 tacha turi bor. Oʻzbekistonda bir turi – uy boyoʻgʻlisi uchraydi. Oyoqlari kuchli va paxmoq, tumshugʻi qayrilgan, pati mayin, tovushsiz uchib kelib, oʻljasini tutib oladi. Koʻzlari oʻtkirligidan salgina yorugʻni ham sezadi. Xira kulrang pati qorongʻida koʻzga chalinmaydi. Boyoʻgʻlilarning bu turi Yevropa, Shimoliy Afrika, Osiyoda ham tarqalgan. Uni dasht va choʻllarda, haroba va qabristonlarda uchratish mumkin. Nari bilan modasi faqat urchish davrida birga yashaydi. Bahorda kechalari, baʼzan kunduzi ham sayraydi. Ovozi yigʻlagan bolaning tovushini eslatadi. Uyasini turli kovaklarga quradi. 4–9 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan bir oyda joʻja chiqadi. Boyoʻgʻlilar mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, hasharotlar va kichik qushlar bilan oziqlanadi. Zararkunanda kemiruvchilarni qirib, xoʻjalikka foyda keltiradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil