Boygʻonin (tuman)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Oqtoʻba viloyati |
Maʼmuriy markazi | Qoravulkeldi |
Asos solingan sanasi | 1928 |
Akim | Aqqul Nurjan Baydauletuli |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2012) | 22,617[1] |
Zichligi | 0,4 kishi./km² |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 61 000 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 71345[2] |
Pochta indeksi | 030300-030312[3] |
Avtomobil raqami kodi | D, 04 |
Xaritada | |
47°18′36″N 56°43′48″E / 47.31000°N 56.73000°E |
Boygʻonin tumani — Oqtoʻba viloyatining janubi-gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 61,000 km2. Aholisi 22,6 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 0,4 kishidan toʻgʻri keladi (2012). Tuman markazi — Qoravulkeldi qishlogʻi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]1928-yil Aday okrugi tarkibidagi Tabin tumani nomi bilan tashkil topdi. 1929-yili tuman Aktyubinsk okrugiga tarkibiga qoʻshildi. 1940-yilda tumanga xalq shoiri Nurpeyis Boygʻonin nomi deb oʻzgartirildi. 1963-yil yanvar oyida tuman parchalandi va 1964-yil dekabr oyida qaytadan tashkillashtirildi[4].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 25°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori janubiy hududlarida 150 mm, shimolida 250 mm.
Madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 20 kutubxona, 15 klub mahkamlari, 2 xalq hunar jamaosi xizmat koʻrsatadi. Tuman markazida muzey ham ochilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам, 2013-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-10-13
- ↑ Телефонные коды[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2014-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-dekabr.
- ↑ Qozoq Ensiklopediyasi, 2 tom
- ↑ Координаты администраций районов Актюбинской области, 2013-11-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-09