Kontent qismiga oʻtish

Botir Tursunov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Botir Tursunov – oʻzbekistonlik filolog va diplomat. Siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.

1974-yilda Qirgʻiziston SSRning Oʻsh shahrida tugʻilgan.

1997-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2001-yilda Oʻzbekiston fanlar akademiyasi I.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq institutini tugatgan.

2001—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi.

2005—2007 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi birinchi kotibi.

2007—2010 – Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi birinchi kotibi.

2010—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi tashqi siyosiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi-tahlil markazi direktori oʻrinbosari.

2013—2014 – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi devonining yetakchi maslahatchisi.

2014—2019 – Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.

2019—2022 – Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi maslahatchisi, Oʻzbekiston Respublikasining ShHT Kotibiyati huzuridagi doimiy vakili.

2022-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi konsultanti.

2022—2023 – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori oʻrinbosari.

2023—2025 – Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi maslahatchisi, Oʻzbekiston Respublikasining ShHT Kotibiyati huzuridagi doimiy vakili.

2025-yil 3-yanvarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari etib tayinlandi[1][2].