Kontent qismiga oʻtish

Botir Rahimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Botir Ikromjonovich Rahimov
Tavalludi 30-iyun 1966-yil (1966-06-30) (58 yosh)
Kasbi Tadbirkor
Turmush oʻrtogʻi Diyora Usmonova

Botir Ikromjonovich Rahimov (1966-yil 30-iyun, Qoʻqon) — oʻzbek tadbirkori, „Paxtakor“ futbol klubi va „Oʻzbekiston“ mehmonxonasining sobiq egasi[1].

2001-yilda „Kapitalbank“ xususiy bankiga asos solgan[2]. Moliya, sugʻurta, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish, qurilish biznesi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan koʻplab shirkatlarga asos solgan.

Oʻzbekistondagi eng boy tadbirkorlardan biri[3]. „Botir alyuminiy“ laqabi bilan tanilgan.

2025-yil 17-fevral kuni Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisi etib saylandi[4].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Botir Rahimovning besh akasi va ikki opasi bor[3]. 2010-yilda Rahimov nomaʼlum sabablarga koʻra hibsga olingan va katta miqdorda jarimaga tortilgan[1][2]. 2016-yilda milliarder Alisher Usmonovning jiyani — Bobur Usmonovning bevasi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani Diyora Usmonovaga uylanganini eʼlon qildi[5].

  1. 1,0 1,1 „Хозяин «Пахтакора» оштрафован“. Узбекская служба Радио «Свобода» (2012-yil 7-iyul). 2020-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „И «Майбах» для Лолы не помог. СМИ сообщают, что арестован богатейший человек Узбекистана Рахимов“. Avesta (2010-yil 10-mart). 2020-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „Хозяин «Пахтакора». Батыр Рахимов - один из богатейших людей Узбекистана“. ЦентрАзия (2006-yil 1-iyun). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  4. „Uch federatsiyaga yanga rahbar saylandi“.
  5. „Чем известна «узбекская принцесса», Диора Усманова - племянница жены Шавката Мирзиеева (фото)“. Кабарлар (2016-yil 5-dekabr). 2020-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.