Kontent qismiga oʻtish

Botir Parpiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Parpiyev Botir Rahmatovich
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt Sоliq qo’mitаsi rаisi
Mansab davri
2004-yil 17-fevraldan – 2018-yil 12-maygacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jamshid Sayfiddinov
Vorisi Behzod Musayev
O’zbekiston Rеspublikаsi Dаvlаt bojxona qo’mitаsi rаisi
Mansab davri
2002-yil 2-dekabrdan – 2004-yil 17-fevralgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ravshan Haydarov
Vorisi Bahodir Matlyubov
O’zbekiston Rеspublikаsi Favqulodda vaziyatlar vaziri
Mansab davri
2002-yil 5-iyundan – 2002-yil 2-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ravshan Haydarov
Vorisi Baxtiyor Subanov
Oʻzbekiston taekvondo federatsiyasi prezidenti
Mansab davri
2009-yildan – 2018-yilgacha
Oʻtmishdoshi Shavkat Ikromov
Vorisi Laziz Hasanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-dekabr 1946-yil (1946-12-23) (77 yosh)
Andijon
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeniMehnat shuhrati ordeni
Xizmat yillari 1970-2018
Unvoni General-leytenant

Parpiyev Botir Rahmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi (2004-2018), bojxona qoʻmitasi raisi (2002-2004), favqulodda vaziyatlar vaziri (2002), general-leytenant.

1946-yil 23-dekabrda Andijon shahrida tugʻilgan.

Maʼlumoti — oliy, Andijon davlat universitetining yuridik fakutetini va Toshkent militsiya maktabini bitirgan.[1][2][3]

1969-1969 — Andijon shahar 17-sonli qurilish trestining texnika xavfsizligi boʻyicha muhandisi.

1969-1970 — Harbiy xizmatda.

1970-1971 — Andijon shahar 162-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi.

1971-1972 — Andijon shahar 102-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi.

1972-1983 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori, bosh inspektori, xizmat boshligʻi oʻrinbosari, xizmat boshligʻi.

1983-1989 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

1989-1993 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

1993-1993 — Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi.

1993-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyatchilikni oldini olish bosh boshqarmasi boshligʻi.

1994-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2002-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2002-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi.

2004-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi.

2018-yil 12-maydan 2020-yil 19-fevralgacha — Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari Respublika kengashi raisining faxriylar masalalari boʻyicha oʻrinbosari[4].

2009-2018 — Oʻzbekiston Taekvondo federatsiyasi Prezidenti.

2003-yilda General-leytenant unvoni berilgan[5].

2020-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oila masalalari vazirining oʻrinbosari[6]

2022-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oila masalalari vazirining maslahatchisi[7]

1990-1994 — XII chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining deputati.

Otasi — Parpiyev Rahmat Parpiyevich (marhum), general-mayor, 1970-yillarda Andijon viloyati IIB boshligʻi boʻlgan.

Akasi — Parpiyev Qudrat Rahmatovich (marhum), Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi boʻlgan.

Akasi — Parpiyev Bahodir Rahmatovich, polkovnik, ichki ishlar tizimida ishlagan. Ayni paytda nafaqada.

Ukasi — Parpiyev Qodir Rahmatovich, Andijon viloyati huquq-tartibot tizimida ishlagan. Nafaqada.

Jiyani — Parpiyev Anvar Qodirovich, Buxoro viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan[8].

Jiyani — Parpiyev Shuhrat Bahodirovich, Andijon shahar IIB boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.

Oʻgʻli — Parpiyev Dilshod Botirovich, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqamasi boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.

Oʻgʻli — Parpiyev Bobur Botirovch, Orient Finans Bank aksiyadori[9].

Oʻgʻli — Parpiyev Dilmurod Botirovich, Asaka tumani IIB boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.

Qizi — Toʻraqulova Dilfuza Botirovna.

Qudasi — Rustam Inoyatov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq raisi.

Qudasi — Mirobid Mahmudov, yirik tadbirkor.

  1. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўн тўрт йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
  2. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг етти йиллиги муносабати билан мукофотлаш тўғрисида“.
  3. http://lex.uz/docs/2391972
  4. Mahalla, 2019-06-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-06-26
  5. Biografiya, 2017-02-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-02
  6. https://m.kun.uz/news/2020/02/19/botir-parpiyev-vazir-orinbosariga-aylandi
  7. 73 yashar sobiq soliqboshi Botir Parpiyev yangi lavozimga tayinlandi
  8. https://m.kun.uz/news/2018/05/29/botir-parpievga-alokador-sahslar-isdan-olinmokda
  9. https://m.kun.uz/news/2019/12/02/bobur-parpiyev-xorijiy-hamkorlar-bilan-fintex-instrumentlari-boyicha-muzokaralar-otkazyapmiz