Kontent qismiga oʻtish

Bosma plata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bosma plata — bosma montaj usulida tok oʻtkazgichlari va kontakt "tugmachalari" oʻrnatilgan hamda metallangan (oʻtish) va metallsiz (mahqamlash) teshiklari qilingan plastinka. U getinaks, tekstolit va boshqa materialdan yasaladi. Plataga oʻrnatiladigan rezistorlar, diodlar, kondensatorlar va hokazo biror usulda (mas, fotokimyoviy usulda) yupqa va ensiz elektr oʻtkazuvchi lentalar yordamida bir-biriga ulanadi. Bosma plata radioelektron qurilmalarda qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil