Kontent qismiga oʻtish

Bosh qayir kollektori

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bosh qayir kollektoriSirdaryo viloyatida qurilgan kollektor. Mirzachoʻlning eski sug'oriladigan zonasida suv yigʻadigan asosiy kollektorlardan biri (Shoʻroʻzak kollektori bilan birga). Bosh qayir kollektori Sirdaryo bilan Doʻstlik kanalidan chiqarilgan oʻng tarmoq kanali oraligʻida joylashgan 57,6 ming ga dehqonchilik qilinadigan maydonlardagi sizot suvlari va tashlama suvlarni chiqarib tashlaydi. Sirdaryoga parallel holda Krestyanok posyolkasi yaqinidan boshlanadi. Umumiy uzunligi 69,3 km, quyilish joyidagi suv sarfi 11,4 m³/sek. Bosh qayir kollektori suvi Chinoz shahri yaqinida Sirdaryoga quyiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil