Kontent qismiga oʻtish

Borsakelmas botigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Borsakelmas botig‘idan yoʻnaltirildi)

Borsakelmas botigʻiShimoliy Ustyurt platosidagi botiq. Shimolida Oqtumshuq, janubida Markaziy Ustyurt koʻtarilmalari, sharqda Olambek guruhidagi bukilmalar, gʻarbda Yorqinboy monoklinal koʻtarilmasi bilan chegaralangan. Shimoli-gʻarbda Som botigʻi bilan tutashgan. Jan.sharqdan shimoli-gʻarbga choʻzilgan. Uz. 200 km, eni 150 km. Botikda paleozoy yotqiziqlari 6000 – 7000 m, mezokaynozoy yotqiziqlari 4500 – 5000 m chuqurliqda joylashgan.

Borsakelmas botigʻining Gʻarbida Agʻini bukilmasi, shimolida Quvanish bukilmasi bor. Quvanish bukilmasida 3000 m dan ziyod chuqurlikda gaz konlari topilgan.[1]

  1. "Borsakelmas botigʻi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil