Kontent qismiga oʻtish

Boris Beloshapka

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Boris Beloshapka
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Boris Ivanovich Beloshapka
Tavallud sanasi 9-fevral 1962-yil (1962-02-09) (63 yosh)
Tavallud joyi Kalinovka, Vinnitsa viloyati, Ukraina
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1981—1984 Dnepr Mogilev 105 (0)
1985 Dinamo Minsk 1 (0)
1986—1991 Tavriya Simferopol 221 (0)
1992—1993 Motor Lublin 24 (0)
1993—1997 Makkabi (Yaffa) 115 (0)
1997 Zirka Kropyvnytskyi 14 (0)
1997   Zirka-2 1 (0)
1997 Makkabi (Yaffa) 14 (0)
1998—1999 Zirka Kropyvnytskyi 29 (0)
1998—1999   Zirka-2 11 (0)
1999 Tavriya Simferopol 0 (0)
2000—2002 Qizilqum 60 (0)
2003 Ordabasi 4 (0)
2003 Andijon 11 (0)
2004 Qizilqum 25 (0)
Boshqargan klublari
2000 Tavriya Simferopol (murabbiy)
2006—2009 Shaxtyor (Donetsk) (murabbiy)
2010—2011 Mariupol (jamoa boshligʻi)
2011—2012 Mariupol (murabbiy)
2016—2017 TSK Simferopol (murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Boris Ivanovich Beloshapka (1962-yil 9-fevral, Kalinovka, Vinnitsa viloyati) – sovet va ukrainalik futbolchi, murabbiy va adminstrator. Oʻyindagi vazifasi – darvozabon. SSSR sport ustasi, Ukraina sport ustasi[1].

Boris Beloshapka Kalinovka yoshlar sport maktabida taʼlim olgan. Uning birinchi murabbiyi Aleksandr Brus boʻlgan.

1981-yildan Mogilevning „Dnepr“ klubi safida ikkinchi liga bahslarida ishtirok etadi, shuningdek, futbolchi jamoa bilan 1982-yilgi birinchi liga oʻyinlarini oʻtkazadi va bir mavsum davomida „Dnepr“ jamoasi tarkibida boʻladi.

1985-yilda Beloshapka Oliy liga bahslarida Minskning „Dinamo“ jamoasiga oʻtadi. Futbolchi jamoa safida jami ikkita oʻyin oʻtkazadi: birinchi oʻyinida —21-avgust kuni 23-turning uy uchrashuvida „Chornomorets“ga qarshi oʻyinning (4:1) 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushadi[2], ikkinchi oʻyinida – 14-sentyabr kuni SSSR kubogining 8-finali 1-tur mehmon uchrashuvida „Fakel“ ga qarshi (3:1) 89-daqiqada maydonga tushiriladi[3]. Oʻyin davomida futbolchi oʻz darvozasini ishonchli himoya qiladi va raqibning barcha zarbalarini qaytarishga muvaffaq boʻladi.

1986—1991-yillarda Simferopolning „Tavriya“ klubi tarkibida chempionatning jami 221 uchrashuvida 218 ta gol oʻtkazib yuborgan[4]. 1986—1987-yilgi SSSR kubogining ikkinchi liga baslarida jamoasi bilan yarim finalgacha yetib boradi. 1/4 final doirasidagi „Metallist“ga qarshi kechgan oʻyinda Beloshapka penaltilar seriyasida raqibning 3 ta zarbasini qaytarishga muvaffaq boʻladi.

1992-yilda Beloshapka Lyublinning „Motor“ (Polsha) klubiga yoʻl oladi va jamoa tarkibida bir yil davomida oʻz oʻyinlarini olib boradi. Darvozabon keyingi toʻrt mavsumni Yaffaning „Makkabi“ (Isroil) klubida oʻtkazadi. 1997-yilda Kirovogradning „Zvezda“ jamoasiga koʻchib oʻtib, keyinchalik yana „Makkabi“ga qaytib keladi va jamoa tarkibida 14 ta oʻyinda maydonga tushadi.

Beloshapka 1999—2000-yilgi mavsumgacha „Zvezda“ jamoasida oʻynab, shundan soʻng „Tavriya“ga qaytadi va darvozabonlar uchun murabbiy sifatida ishlay boshlaydi.

Sport faoliyati davomida, shuningdek, 2000—2002 va 2004-yillarda Zarafshonning „Qizilqum“ (O‘zbekiston) va 2003-yilda Andijonning "Andijon" (O‘zbekiston) klublari safida, keyinchalik Chimkentning "Ordabasi" (Qozogʻiston) va 2000-yilda „Kostuin“ klublarida ham toʻp surgan.

Oradan bir muncha vaqt oʻtgach, Beloshapka yana Ukrainaga qaytadi va „Krivbas“ jamoasi bilan ishlay boshlaydi. 2005-yildan buyon esa Donetskning „Shaxtyor“ klubi akademiyasi uchinchi jamoasi tarkibida oʻyinlarga tushadi.

Beloshapka faoliyati davomida yoshlar chempionatining ikki karra gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

2010—2012-yillarda „Illichivets“ klubida adminstrator va darvozabonlar murabbiyi boʻlib faoliyat olib borgan.

2016-yil mart oyidan – 2017-yil iyun oyiga qadar „TSK-Tavriya“ jamoasida darvozabonlar murabbiyi, 2017-yil iyulidan esa jamoaning bosh adminstratori vazifalarini bajargan.

Beloshapkaning Artyom ismli bir nafar oʻgʻli boʻlib, u ham futbol oʻyinlarida darvozabon vazifasini bajaradi.