Boma
Qiyofa
Boma — Kongo Demokratik Respublikasi gʻarbidagi shahar. Aholisi 246 ming kishi (1991). Atlantika okeani qirgʻogʻidan 75 km ichkarida, Kongo daryosi estuariysidagi port (dengiz kemalari kiradi); chetga oʻrmon va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (palma moyi, banan, kakao, kauchuk) eksport qilinadi. K x. mahsulotlari qayta ishlanadi; kimyo, yogʻochsozlik, metallni qayta ishlovchi korxonalar bor. Kema taʼmir qilinadi. Baliq ovlanadi. Shaharga 16-asrda asos solingan. 1886—1926-yillarda Belgiya Kongosi maʼmuriy markazi boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |