Kontent qismiga oʻtish

Bolta Ortiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bolta Ortiqov
Tavalludi 5-may, 1924-yil
Vafoti 19-noyabr, 2001-yil
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston

Bolta Ortiqov (1924-yil 5-may, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2001-yil 19-noyabr, Dushanbe, Tojikiston) – yozuvchi, Tojikiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[1].

Bolta Ortiqov 1924-yil 5-may kuni Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagach, 1948-yili Samarqand davlat pedagogika institutining filologiya fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. 1952-yilda „Pioneri“ nomli tojik gazetasida boʻlim mudiri sifatida faoliyatini boshlaygan. Shundan soʻng, „Maorif va madaniyat“ gazetasida muxbirlik qilgan. 1953-yilda Samarqandga qaytib, ijodini davom ettirgan. U 1960-yilda Tojikiston SSR yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan. Bolta Ortiqov 2001-yil 19-noyabr kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida vafot etgan.

Bolta Ortiqovning ijodiy ishlari 1953-yildan boshlab nashr qilina boshlagan. Uning ilk kitobining nomi „Yoshlik ovozi“ boʻlib, 1954-yil nashr qilingan. 1958-yilda „Qishloq bolalari“ kitobi chop etilgan. Soʻng, 1962-yilda „Shirinliklar“ asari, 1965-yilda „Yaxshi qiz“ qissasi, 1966-yilda „Pishmagan olma“ toʻplami nashrdan chiqqan. 1971-yilda „Uch burchakli maktub“, 1973-yilda „Handalak“, 1959-yilda esa „Yozgi taʼtil“ nomli toʻplamlar kitobxonlar eʼtiboriga havola etilgan. Shundan soʻng, 1964-yili „Polvon“, 1965-yil „Atirgul“, 1975-yilda „Lolazor bolalari“ nomli kitoblari chop etilgan. Uning 1985-yilda „Samarqand qissasi“ kitobi nashrdan chiqqan[2]. Ushbu kitob yana 3 marotaba (1987-yil, 1989-yil va 1991-yil) nashr etilgan.

  • „Qishloq bolalari“
  • „Shirinliklar“
  • „Yaxshi qiz“
  • „Pishmagan olma“
  • „Uch burchakli maktub“
  • „Handalak“
  • „Yozgi taʼtil“
  • „Polvon“
  • „Atirgul“
  • „Lolazor bolalari“
  • „Samarqand qissasi“
  • „Qon izi“
  1. „Ортиқов Болта“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
  2. „Dostoni Samarqandiy“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.