Boliviya bayrogʻi
Boliviya koʻp millatli davlat bayrogʻi (Davlat bayrogʻi) | |
---|---|
Mamlakat | Boliviya |
Fuqarolik bayrogʻi | |
---|---|
Mutanosibligi | 15:22 |
Qabul qilindi | 31-oktyabr, 1851-yil |
Harbiy bayrogʻi | |
---|---|
Mutanosibligi | 15:22 |
Harbiy-dengiz bayrogʻi | |
---|---|
Mamlakat | |
Mutanosibligi | 2:3 |
Boliviyaning davlat bayrogʻi 15:22 aspekt nisbati bilan toʻgʻri toʻrtburchakli paneli boʻlib, u uchta teng gorizontal chiziqlardan iborat: yuqori — qizil, oʻrta — sariq va pastki — yashil. Bayroqning markazida Boliviya gerbi tasvirlangan. Bayroq 1851-yilda qabul qilingan. Boliviya dengizga aloqador boʻlmasa ham, mamlakatda daryo va koʻl kemalarida ishlatiladigan dengiz bayrogʻi mavjud. Dengiz bayrogʻidagi toʻqqiz yulduz Boliviyaning toʻqqiz boʻlimini anglatadi, katta yulduz 1884-yilda tinch okean urushi natijasida yoʻqotilgan dengizga chiqish huquqini anglatadi.
Dizayn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boliviya milliy bayrogʻi uch rangli (trikalor) qizil, sariq va yashil ranglari 1:1:1 nisbatda toʻgʻri toʻrtburchak sifatida tasvirlangan, uchta gorizontal chiziqni bildiradi, qizil rang bayroq kengligining uchdan bir qismini egallaydi, bir xil kenglikdan foydalangan holda o'rta tasmada sariq va pastki qismida yashil oxirgi uchdan bir qismini egallaydi.
Boliviya bayrogʻi chiziqlari rangi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boliviya bayrogʻining qizil rangi milliy qahramonlarning qonini, qurbonlik va muhabbatini, sariq — mineral resurslarni, yashil — abadiy umid, rivojlanish va taraqqiyotni anglatadi.
Sxema | Qizil | Sariq | Yashil |
---|---|---|---|
Pantone | 485[1] | Process Yellow[1] | 356[1] |
RGB | 218, 41, 28[2] | 244, 228, 0[3] | 0, 122, 51[4] |
CMYK | C0 M95 Y100 K0[2] | C0 M0 Y100 K0[3] | C91 M0 Y100 K26[4] |
Hexadecimal | #DA291C | #F4E400 | #007A33 |
Vipala
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilgi Konstitutsiyaga koʻra, vipala (Wiphala, Aymar hindularining tarixiy bayrogʻi) Boliviyaning milliy ramzidir va mamlakat ichida davlat bayrogʻi bilan birgalikda ishlatiladi (lekin uni almashtirmasdan). Vipala Boliviya dengiz floti bayrogʻining qanotidaoʻng tomonida tasvirlangan.
Bugungi kunda umume'tirof etilgan bayroqdan farqli o'laroq, Boliviyada dengiz bayrogʻi varianti ham mavjud. Uning chap burchagida siz Boliviyaning uch rangli bayrogʻini va Vipalasini ko'rishingiz mumkin. Elementlar ko'k fonda joylashgan va burchakdagi ikkita bayroq 9 ta sariq kichik besh qirrali yulduz bilan o'ralgan. Markazda esa 10-yulduz joylashgan. Bu yulduz tinch okean urushi natijasida dengizga chiqish yoʻqotilgan huquqini anglatadi.
-
Vipala
-
1825-yil 17-avgust — 1826-yil 25-iyul
-
17-avgust 1825-yil — 1826-yil 25-iyul
-
25-iyul 1826-yil — 1851-yil 31-oktabr
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Gaceta Oficial del Estado Plurinacional de Bolivia“ (es). Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 „PANTONE 485 C - Find a Pantone Color“. 2017-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 „PANTONE Process Yellow C - Find a Pantone Color“. 2020-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.
- ↑ 4,0 4,1 „PANTONE 356 C - Find a Pantone Color“. 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.