Bolaning psixomotor rivojlanishi
Bolaning psixomotor rivojlanishi
1-oylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]▪️600-1000 g vazn yigʻadi. ▪️Turli xil tovishlar chiqaradi, rangli jismlarga qaraydi, onasini taniydi. ▪️Oyoq va qoʻllarida tartibsiz harakatlar qiladi. ▪️3-4 kunligida fiziologik sariqlik boshlanib, 15 kunligida yoʻqoladi. ▪️Uyqusining davomiyligi 16 soat.
2-oylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]▪️Vertikal holatda boshini ushlashga harakat qiladi ▪️Harakatdagi narsalarga nigohini tikadi, kuladi. ▪️Ko'z qorachigʻi harakati tekis, toʻgʻri. ▪️Erkalab gapirganlarga qarab kuladi.
3-oylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]▪️Qoʻl oyoqlardagi, ayniqsa yelkadagi harakat hajmi ortib boradi. ▪️Vertikal holatda boshini yaxshi tutadi. ▪️Tovush kelgan tomonga boshini buradi. ▪️Qoʻliga berilgan oʻyinchoqqa qiziqib qaraydi, ▪️Kuladi, gu-gulaydi, unli tovushlarni uzoqroq choʻzadi.
4-oylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]▪️Tovush kelgan tomonga buriladi. ▪️Oʻyinchoqqa qarab qoʻl choʻzadi, ushlaydi, ogʻziga olib boradi. ▪️Qoʻlidan tortilsa, ushlab turilsa oʻtiradi. ▪️Yaqin insonlari ovozini farqlaydi, kuladi, jilmayadi. ▪️Qorinda yotganida boshini va yelkasini koʻtara oladi.
5-6 oylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]▪️Bir qoʻlidan ushlansa, baʼzida esa mustaqil ham oʻtiradi. ▪️Chalqancha holatdan yon boshiga yoki qorniga oʻgiriladi. ▪️Qornida yotganida bitta qoʻliga tayanib, ikkinchi qoʻli bilan narsalarga choʻzila oladi, gavdasining ogʻirligini bir qoʻlidan ikkinchisiga ogʻdiradi. ▪️Tushib ketayotgan oʻyinchoqni kuzatadi va koʻtaradi. ▪️Unsiz tovushlarni ham ayta oladi. Uyqusining davomiyligi 14,5 soat.
7-8 oylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]▪️Muvozanatini tutib, mustaqil oʻtira oladi, toʻrt oyoqlab turadi. ▪️Qornida yotgan holatida chalqanchasiga oʻgiriladi. ▪️Yotgan joyidan mustaqil oʻzi oʻtirishga harakat qiladi. ▪️Oyoqqa turishga harakat qiladi. ▪️Onasiga va tanish kishilarga qoʻlini choʻzadi, chapak chaladi. ▪️Qisqa boʻgʻinli soʻzlarni qaytaradi „ma-ma“, „da-da“.
9-10 oylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]▪️Krovat tutqichini ushlab tizzasiga turadi. ▪️Kattalar yordamida oyoqqa turadi, ushlab yuradi, emaklaydi. ▪️Sochilgan oʻyinchoqlarni yigʻishtiradi, kattalar harakatini kuzatadi, qoʻlini silkitadi, qoshiqdan ovqat yeydi. ▪️Oʻyinchoqlarning nomini biladi, aytilganini orasidan topib beradi. ▪️Qisqa boʻgʻinli soʻzlarni aytadi „dada“, „mama“, „nanna“, „umma“. ▪️- „xayr“, „assalom“, mumkin emas deganini tushunadi.
11-12 oylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]▪️Bir qoʻlidan ushlansa oʻzi yuradi, mustaqil qadam tashlaydi, lekin qadami mustahkam emas, koʻp yiqiladi. ▪️Tushib ketgan oʻyinchoqlarni koʻtarish uchun choʻkkalaydi, oʻyinchoqlarni nomini biladi. ▪️Ogʻriq sezayotgan joyini aytadi, tana qismlarini koʻrsatadi, kiyintirish vaqtida yordamlashadi. ▪️Mustaqil yeyishga harakat qiladi, bolalarni sevadi. ▪️Oila aʼzolarini barchasini taniydi, baʼzi soʻzlarni gapiradi.
17-18-oylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]▪️Oʻynash jarayonida har xil kattalikdagi buyumlarni ajrata oladi. ▪️Koʻrsatib berilsa har xil kattalikdagi va shakldagi oʻyinchoqlar orasidan bir xillarini topadi. ▪️Yerda yotgan baland boʻlmagan narsalar ustidan xatlab oʻtadi. ▪️Hayotida qayta-qayta koʻrgan ishlarini bajara oladi. ▪️Suyuq ovqatni qoshiqcha yordamida mustaqil yeydi.
20-24 oylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]▪️Kattalarning iltimosiga koʻra yoki koʻrsatmaga mos rangni tanlaydi. ▪️Past toʻsiqdan xatlab oʻtadi. ▪️Oʻyinchoqlar oʻynaganida ketma ketlikda keladigan vazifalarni bajaradi, masalan qoʻgʻirchogʻini choʻmiltiradi, artadi, kiyintiradi. ▪️Qisqa hikoyalarni tushunadi. ▪️Kattalar yordamida oʻzi qisman kiyinadi.
3-yosh
[tahrir | manbasini tahrirlash]▪️Yurishi, yugurishi, sakrashi aniqroq va tezroq bajariladi. ▪️Barmoqlari va panjasi bilan koʻpgina mayda nozik harakatlarni qila oladi. ▪️Bola tugmasini taqishni, toʻgʻri chiziq va aylana chizishni uddalaydi. ▪️Bu yoshda bolaning soʻz boyligi 1200-1300 tani tashkil qiladi. Gaplarni toʻgʻri tuzadi. ▪️Gaplarni eslab qolish qobiliyati ortadi. ▪️Bola bilan suhbatlashganda nafaqat hozirgi zamon voqeiyligini, balki oldingi va keyingi zamon voqealari haqida ham soʻzlashsa boʻladi. ▪️Bu yoshdagi bolalarning doimiy savoli — ―nega?, ―qachon?,―qaerda?. ▪️Bola qisqa tushunchalarni tez eslab qoladi, qisqa sheʼr va ashulalarni ayta oladi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |