Boboyi Poradoʻz
Hazrat Boboyi Poradoʻz (Boboyi Shavqi; Shayx Abu Bakr Muhammad bin Ahmad Al Askof) — Markaziy Osiyolik zohid, olim, shayx (VIII—IX asr).
Boboyi Poradoʻz 842-yil Buxoroda tugʻilib, 925-yilda vafot etgan. U 83 yil umr koʻrgan. Manbalarda "Shavqi Bobo erdi bilsang asli nomi Poradoʻz" deyilgan. Bunday aytilishiga sabab, u Ollohning shavqi, ishqi bilan yashagan deyiladi. Shuning uchun ul zoti sharifni Boboyi Shavqi deb ham ataganlar.
Shuningdek, Buxoro Chor Bakrlari, yaʼni Abu Bakr Saʼd, Abu Bakr Fazl, Abu Bakr Tarxon, Abu Bakr Homid va taniqli mujtahid (diniy qoidalarni tartibga soluvchi) hisoblanmish Abu Jafar Hinduvoniylar Boboyi Poradoʻzning shogirdlari boʻlishgan.
Boboyi Poradoʻz tikuvchilar, etikdoʻz, mahsidoʻz va boshqa kasb egalarining piri hisoblangan.
Boboyi Poradoʻz maqbarasi Buxoro shahrining Sallaxona darvozasi tashqarisida joylashgan. Buxoro ziyoratgohlarodan biridir.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Tuhfat at — zoirin“ — "Ziyoratchilarga tuhfa", Buxoro toshbosma nashriyoti 1910.
- „Tuhfat ul-obidin — Muhammad Obid Namangoniy. (Safarboev M. Rakhimov S.) -“. Tashkent: Navruz, 2019.
- „Yetti Pir va Yetti Avliyo“ — Adabiy — badiiy, maʼrifiy toʻplam. Buxoro viloyat bosmaxonasi, MChJ nashriyoti 2019.
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |