Kontent qismiga oʻtish

Bobo ishoq qoʻzgʻoloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bobo ishoq qoʻzgʻoloni — Saljuqiylar hokimiyatiga qarshi Bobo Ishoq boshchiligida koʻtarilgan qoʻzgʻolon (1239—41). Qoʻzgʻolon dastlab mamlakatning bir chekkasida boshlanib, keyinchalik Malatiya, Sivas, Toqot, Amosiya shaharlarini ham qamrab oldi. Bobo Ishoq sulton Gʻiyosuddin Kayxusrav II qoʻshini ustidan gʻalaba qozongach, oʻzini xalifa deb eʼlon qildi, ammo oradan koʻp oʻtmay, saljuqiylarga yollangan kishilar tomonidan qatl etilgan. Qoʻzgʻolon 1241-yilda magʻlubiyatga uchradi, uning qatnashchilari yoppasiga qirib tashlandi[1].

  1. "Bobo ishoq qoʻzgʻoloni" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil