Bob al-Sharqiy
Bob al-Sharqiy Iroq poytaxti Bagʻdod markazidagi mahalla. Bob al-Sharqiy bozori atrofidagi hudud Iroqning markaziy qismidagi asosiy shia militsiyasi Mahdiy armiyasining tayanchi hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu shia mahallasida Iroq ozodligi operatsiyasi paytida qizgʻin mazhablararo janglar boʻlib oʻtgan. Mahallada 2016-yil oxirlarida muntazam hujumlar kuzatilgan[1].
Bob ash-Sharqi Dajla daryosining sharqiy sohilida, Jumhuriya koʻprigi yaqinida joylashgan. Mahalla daryoning Rejalashtirish vazirligi, Axborot vazirligi va Yashil zona joylashgan qirgʻogʻidan narigi tomonda joylashgan.
2007-yil 22-yanvardagi avtomobil portlashi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yil 22-yanvarda Bag‘doddagi Bob al-Sharqiy bozorida ikkita kuchli portlovchi modda oʻrnatilgan avtomobil portlab, Iroq ozodligi operatsiyasining eng qonli hujumlaridan biri sifatida tarxga kirdi va unda kamida 88 kishi halok bo‘ldi, 160 kishi yaralandi[2]. Hujum 2007-yildagi qoʻshinlar soni oshirilish davrida Bagʻdodga 3200 nafar qoʻshimcha askar kelishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi[2].
Vayronkor hujumdan atigi uch oy oʻtgach, senator [Lindsey Graham]] ommaviy axborot vositalari Amerika xalqiga „bu yerda nimalar boʻlayotgani haqida toʻliq axborot“ bermayotganidan shikoyat qildi. Garchi senator asosan qattiq himoyadagi Yashil zonada boʻlgan va Yashil zonadan tashqariga faqat kuchli qurollangan harbiy eskort bilan chiqqan boʻlsa-da, jurnalistlarga Bob al-Sharqiyga tashrifi chogʻida guvoh boʻlgan „muvaffaqiyat belgilari“ haqida uyalmay gapirib bergan[3]:
Biz bozorga bordik. U yerda bizni juda iliq kutib olishdi. Men besh dollarga beshta gilam oldim. Odamlar bir necha hafta oldin xuddi shu joyda oʻnlab yoki yuzlab odamlar halok boʻlgani haqida aytib berishdi.
— Lindsey Graham
2015-yil 30-yanvar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bag‘dodning Bob al-Sharqiy tumanida ikkita bomba portlashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi yaralandi[1].
2021-yil 21-yanvar: Egizak xudkush portlashlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bag‘dod bozorida xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan portlashlar oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘ldi va 100 kishi yaralandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „"Iraqi cities rocked by deadly attacks" [[Al Jazeera America]], 30 January 2015. Retrieved on 8 November 2016.“. 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „"Scores killed in Iraq bloodshed" [[BBC News]], 22 January 2007. Retrieved on 8 November 2016.“. 2016-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-noyabr.
- ↑ „"CNN Sunday morning transcript’ [[CNN]], 4 April 2007. Retrieved on 8 November 2016.“. 2016-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-noyabr.