Kontent qismiga oʻtish

Bo szyuyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bo Szyuyi
Tavalludi 28-fevral 772-yil
Vafoti 23-sentyabr 846-yil(846-09-23)
(74 yoshda)
Loyan
Kasbi shoir
Ijod qilgan tillari Xitoy tili[1]
Fuqaroligi Tan

Bo Szyuyi (772-846) - xitoy shoiri. Oʻz davri tuzumi tartibotlarini tanqid qilgani uchun taʼqib qilingan. 3 mingga yaqin sheʼr yozgan. Xalq orasida mashhur boʻlgan. B. S. lirik sheʼrlarida hayot quvonchlari, insonga boʻlgan samimiy muhabbat oʻz aksini topgan. "Mangu sogʻinch haqida qoʻshiq", "Ud" ("Arfa") poemalari bor. 10 sheʼrdan iborat "Sin naqoratlari", 50 sheʼrdan iborat "Yangi xalq qoʻshiqlari" to'plamlarida jamiyatda avj olgan poraxoʻrlikni va oʻzaro qirgʻinlarni qoralaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. (unspecified title)