Kontent qismiga oʻtish

Boʻston (Zarbdor tumani)

Koordinatalari: 40°06′0″N 68°02′35″E / 40.10000°N 68.04306°E / 40.10000; 68.04306
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boʻston
Shaharcha
40°06′0″N 68°02′35″E / 40.10000°N 68.04306°E / 40.10000; 68.04306
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Jizzax viloyati
tuman Zarbdor tumani
Qachondan beri shaharcha 1979
Iqlim turi mo'tadil (yozda quruq)
Rasmiy til(lar)i o'zbek
Aholisi
 (1989)
5 684[1] 12 000 dan oshiq (2 019)
Milliy tarkib (asosan) O'zbek va boshqa millatlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 72-5121____
Boʻston xaritada
Boʻston
Boʻston

BoʻstonOʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Zarbdor tumaniga qarashli shaharcha.


Jizzax viloyatidagi tuman bo'lib 1979-yil 4-dekabrda tashkil etilgan. Shimoli sharqida Sirdaryo viloyati, garbida Jizzax tumani, sharqida Yangiobod tumani, janubida Zomin tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,51 ming km2. Aholisi 2000-yil hisobiga ko'ra 45,7 ming kishidan iborat. Shaharchada 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Adirobod, Andijon, Lalmikor, Sharq Yulduzi, Yangikent) va 2 shaharcha (Boʻston, Zarbdor) bor. Markazi — Zarbdor shaharchasi hisoblanadi.

Tuman hududi Mirzachoʻlning janubta joylashgan. Relyefi asosan tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha trasi —4°, —6°, iyulniki 28—30°. Yiliga 300 – 350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 205—210 kun. Tuprogʻi boʻz, qoʻngʻir tuproq. Yer osti suvlari yuza, shoʻr. Tuman hududida kanallari bor. Oqova shoʻr suvlarni qochirish uchun ariq va zovurlar qazilgan. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, ituzum, tol, jiyda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, kalamush, toshbaqa, ilon, kaltakesak, yovvoyi parrandalardan oʻrdak, tustovuq, qirgʻovul, kalxat, chugʻurchiq, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, mayna yashaydi. Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, ukrain, qirgʻiz, turkman, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 89 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 27,8 ming kishi, shaharliklar 17,9 ming kishi.

Boʻston shaharchasida xoʻjaligini paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinni egallaydi. 13 ta shirkat xoʻjaligi mavjud. Jami yerlari 34,5 mingga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 32,8 mingga, namli yerlar 430ga. Tumandagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 12 mingdan ziyod qoramol, 14 mingdan ortiq qoʻy-echki, 370 tacha ot bor. 325 dehqon xoʻjaligi boʻlib, 13,7 ming ga yaqin yer ajratilgan. Tumanda Zarbdor un, 20 kichik, 20 xususiy korxona, 4 savdo tashkiloti, maishiy xizmat koʻrsatish shohobchalari mavjud.

Aholi punktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 12 umumiy taʼlim maktabi (12,4 ming oʻquvchi), „Oqbuloq“ folklor etnik guruhi, 230 oʻrinli kasalxona, 8 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq vrachlik punkti, 8 feldsher, akusherlik punkti, 2 poliklinika, 8 dorixona bor. Zarbdor—Guliston, Zarbdor—Toshkent, Zarbdor—Samarqand va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha shaharlararo avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. „Zarbdor“ tuman gazetasi 1000 nusxada nashr etiladi[2].