Kontent qismiga oʻtish

Boʻgʻim (botanika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOʻGʻIM — 1) (botanikada) poya va novdaning barg, kurtak, baʼzan qoʻshimcha ildiz hosil qiladigan kismi (nudus). Boshlangʻich barg bilan birga oʻsish konusidan shakllanadi. B. orqali bargdan oʻtkazuvchi nay tolali boylamlar poyaga oʻtadi. Poya bilan novdaning 2 boʻgʻim oʻrtasidagi qismi B. oraligʻi deyiladi; 2) umurtqasiz hayvonlar (boʻgʻimoyoqlilar, halqalilar) ning bir qancha guruhlarida tana va organlar (mas, oyoqlar, moʻylovlar, koʻkrak yoki qorin) ning ayrim qismlarini oʻzaro harakatchan tutashtirib turadigan strukturasi (segmentatsiya); 3) umurtqali hayvonlar va odamlar suyaklarining harakatchan birikishini taʼminlaydigan struktura (articulatio). Umurtqali hayvonda B.ning asosiy elementi oʻzaro harakatchan qoʻshiladigan suyaklarning togʻay bilan qoplangan yuzasi, suyaklarni ajratib turuvchi va sinovial suyuqpik bilan toʻlgan boʻshliq, bu boʻshliqni chegaralab turuvchi boʻgʻim kapsulasi (xaltasi) dan iborat. Hayvonlar evolyutsiyasi davomida harakatlanishning takomillashuvi bilan B.ning shakli va xususiyati oʻzgarib borgan. Yuzasi shakliga binoan B. sharsimon, ellipssimon, egarsimon va boshqa xilda; siljish yoʻnalishi va darajasiga binoan harakatchan, chala harakatchan, bir, ikki va koʻp oʻqli boʻladi. B.ning erkin harakatlanish darajasini uning shakli, boʻrtiqlari, paylarning tarangligi, kapsulalar cheklab turadi. Sinovial suyuqlik B. yuzasining siljishi, tormozlanishini taʼminlaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil