Kontent qismiga oʻtish

Boğaziçi universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boğaziçi universiteti
Turi Davlt Universiteti
Asos solingan sanasi 1863-yil 16-sentyabr
Rektori Naci İnci
Fakultetlar 7 ta
Talabalari 16.497 nafar (2022-2023)
Bakalavriat 13.116 nafar
Magistratura 3.381 nafar
Manzili
Veb-sayti boun.edu.tr

Boğaziçi universiteti (turkcha: Boğaziçi Üniversitesi) Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan davlat universitetidir. 1863-yilning 16-sentyabrida meʼmor Cyrus Hamlin va amerikalik savdogar Kristofer Robert tomonidan Robert kolleji tashkil etilgan. Yuz yildan ortiq kollej sifatida foydalanilgan Janubiy kampus 1971-yil 10-sentyabrda mustaqil universitet tashkil etish maqsadida Davlat tasarrufiga oʻtkazildi va Boğaziçi Universiteti tashkil etildi. Bugungi kunda yettita kampusga ega boʻlgan Boğaziçi Universiteti ingliz tilida ta’lim beradi.

Boğaziçi Universiteti Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonida eng yuqori natija qayd etgan talabalar tomonidan afzal koʻriladigan universitetga aylandi[1].

Boğaziçi Universiteti Istanbulning Yevropa tomonida 5 ta va Anadolu tomonida 2 ta jami 7 ta kampusga ega. Janubiy kampus universitetning asosiy kampusi boʻlib 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida qurilgan binolardan iborat[2].

Universitetning Shimoliy kampusi, Hisar kampusi va Ucaksavar kampusi Bebekda joylashgan. Abdullah Kuran Kutubxonasi, universitetning nashriyoti ba bosmaxonalarini oʻz ichig olgan O‘quv texnologiyalari binosi hamda Fan va muhandislik binosi Shimoliy kampusda joylashgan[3].

Hisar kampusi 1990-yilda ochilgan[4]. U sport zali, shuningdek, Atrof-muhit fanlari instituti va Amaliy fanlar maktabini oʻz ichiga oladi. Ucaksavar kampusida talabalar turar joyi, Garanti Madaniyat Markazi, yopiq sport zali va stadion mavjud[5]. Sarıtepe kampusi Qora dengiz sohilida joylashgan. Ushbu kampusda faqat tayyorlarlik boshqichidagi talabalar tahsil oladi, shuningdek kampus 3 ta yotoqxonani ham oʻz ichiga olgan.

Talabalar soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-2023-oʻquv yili holatiga koʻra Boğazichi universitetida 9573 bakalavr, 2783 magistratura va 2480 tayyorgarlik bosqichida jami 14836 talaba tahsil olmoqda. Shulardan 6778 nafari yollar va 8058 nafari erkaklar. Bundan tashqari, universitetda dunyoning 70 ta davlatidan 480 nafar chet ellik talaba bor[6]. Boğaziçi universitetida taʼlim tili ingliz tilidir. Shuning uchun yangi qabul qilinayotgan talbalardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi.

Xodimlar soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boğaziçi universitetida 193 nafar professor, 110 nafar dotsent, 148 nafar doktorantura o‘qituvchisi, 105 nafar o‘qituvchi, 75 nafar chet ellik professor-o‘qituvchilar va 255 nafar ilmiy xodim ishlaydi[7].

Akademik birliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultetlar

  • Taʼlim fakulteti
  • Sanʼat va fanlar fakulteti
  • Iqtisodiyot va maʼmuriy fanlar fakulteti
  • Muhandislik fakulteti
  • Boshqaruv fanlari fakulteti
  • Huquq fakulteti
  • Aloqa fakulteti

Institutlar

  • Otaturk asoslari va inqilob tarixi institut
  • Biotibbiyot muhandisligi institut
  • Atrof-muhit fanlari institut
  • Fan institut
  • Kandilli rasadxonasi va zilzila tadqiqot institut
  • Konfutsiy institut
  • Ijtimoiy fanlar institut.

Rasmi sayt

  1. „TIMES HIGHER EDUCATION'a GÖRE EN İYİ 10 TÜRK ÜNİVERSİTESİ“. 2-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2020-yil.
  2. „Sayılarla Boğaziçi Üniversitesi“. 7-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentybr 2015-yil.
  3. „Kuzey Kampüs“. Boğaziçi Üniversitesi. 3-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentybr 2015-yil.
  4. „Kronoloji“. Boğaziçi Üniversitesi. 4-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentybr 2015-yil.
  5. „Uçaksavar Kampüsü“. Boğaziçi Üniversitesi. 15-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentybr 2015-yil.
  6. „İstatistikler 2022-2023 AKADEMİK YILI ÖĞRENCİ SAYILARI“. 14-aprel 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
  7. „Sayılarla Boğaziçi Üniversitesi“. 7-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2015-yil.