Blokirovka
Qiyofa
Blokirovka (inglizcha: „to bloch“ — toʻsish) — apparat, mashina ish organlari (elementlari)ni yoki elektr sxemalarni maʼlum holatda (blokirovka taʼsiri olinganda ham saqlanadigan holatda) tutib turishni taʼminlaydigan usullar va vositalar majmui.
Blokirovka mexanik, optik, magnit yoki elektrik (sxemali) taʼsir vositasida amalga oshiriladi, apparat va mashinani dastlabki holatiga qaytaruvchi yoki ruxsat etiladigan yangi ish holatiga oʻtkazuvchi qismiga taʼsir etib blokirovka taʼsiri toʻxtatiladi. Blokirovka transportda, energiya tizimlarida, elektr stansiyalarida, sanoat korxonalarida, hisoblash texnikasida, ishlab chiqarish va turmushda ishlatiladigan turli apparat va asboblarda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |