Kontent qismiga oʻtish

Blerta Basholli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Blerta Basholli
Tavalludi 1983 (yoshi 40–41)
Fuqaroligi Kosovo
Taʼlimi Nyu-York universiteti
Kasbi Yozuvchi, Direktor, Prodyuser
Faoliyat yillari 2006-hozirga qadar
Turmush oʻrtogʻi Artan Korenika
Bolalari 2

Blerta Basholli (1983-yilda tugʻilgan) — kosovalik alban yozuvchisi, rejissyor va prodyuser. Blerta Basholli ilgari Nyu-York shahrida toʻrt yil yashagan va bu unga talaba sifatida bir qator loyihalarda ishlashga imkon bergan, jumladan, uning „Lena and Me“ qisqa metrajli filmi qator xalqaro festivallar va Kosovo mukofotlariga sazovor boʻlgan. 2008-yilda u Nyu-York universitetining Tisch rassomlar maktabida Kino magistratura dasturida dekanlar stipendiyasi bilan taqdirlangan[1]. Uning yana bir debyut badiiy filmi Hive (2021) katta muvaffaqiyatga erishgan va Sundance rekordlarini yangilagan, hamda „Oskar“ qisqa roʻyxatiga nomzod sifatida kiritilgan birinchi Kosovo filmi boʻlgan[2].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blerta Basholli oliy taʼlimni Nyu-York universitetida olgan. U hozirda Prishtina shahrida yashaydi[1]. U taniqli kosovalik fotograf Artan Korenika bilan oila qurgan, ularning ikki farzandi bor.

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006–2011-yillar

2006-yilda Blerta Bashollining birinchi filmi — „Mirror, Mirror…“ hujjatli filmi shaklida chiqqan. 2006-yil Sarayevo kinofestivalida saralanib, katta muvaffaqiyatga erishgan. Shuningdek, Tirana xalqaro kinofestivali 2006, Bolqon qora quti film festivali 2006, Berlin va Nyu-York xalqaro mustaqil film va video festivali 2016 kabi kinofestivallarda etirof etilgan. 2008-yilda u „Gjakova 726“ qisqa metrajli filmini 2009-yilda boʻlib oʻtgan Rotterdam kinofestivalida namoyish etgan. Busho kinofestivali 2009, Dokufest 2009, Toffifest 2009, Filmmor ayollar filmlari festivali 2009 singari kinofestivallarda ham uning ayni shu filmi taqdim etilgan. Keyinchalik, 2011-yilda Bashollining „Lena and Me“ qisqa metrajli filmi 2011-yildagi First Run Film Festivalida namoyish etilgan. Shu bilan birgalikda, Dokufest 2011, Pogradec kino va oziq-ovqat festivali 2011, Skena Up 2011, Tirana International FF 2011 va 9/11 Film Festival 2012 (Eng yaxshi aktrisa mukofoti) da bir qator mukofotlarga sazovor boʻlgan[1].

2021–hozirga qadar: Butunjahon eʼtirofi

Blerta Bashollining eng mashhur filmi 2021-yilda suratga olingan boʻlib, u kosovalik Fahrije Hoti ismli ayolning patriarxal jamiyatda oʻz biznesini ochishi bilan bogʻliq muammosi haqidagi real voqealarni hikoya qiladi. Film Hive deb nomlanadi va bu Blerta Bashollining birinchi badiiy filmi hisoblanadi[3]. Hive Sundance rekordlarini yangilagan, u yerda hakamlar hayʼatining bosh mukofoti, rejissyorlik mukofoti va Jahon kino dramatik toifasida tomoshabinlar mukofotiga sazovor boʻlgan. Hive filmi „Eng yaxshi xalqaro film“ nominatsiyasida „Oskar“ mukofoti nomzodlari roʻyxatiga kiritilgan birinchi kosovalik rejissyorning filmi boʻlgan[4].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Mirror, Mirror… (Hujjatli film) (yozuvchi, rejissyor) 2006-yil
  2. Gjakova 726 (Video qisqa) (hammuallif, rejissyor) 2008-yil
  3. Lena dhe Une (Qisqa film) (yozuvchi) 2011-yil
  4. Everything Is Broken Up and Dances (hammuallif) 2016-yil
  5. Hive (yozuvchi, rejissyor) 2021-yil
  6. The Marriage (birinchi direktor yordamchisi) 2017-yil
  7. The Return (rejissyor yordamchisi) 2017-yil
  8. Unwanted (birinchi direktor yordamchisi) 2017-yil
  9. Looking for Venera (birinchi rejissyor yordamchisi) 2021-yil
  10. Cold November (ishlab chiqarish menejeri) 2018-yil[5]