Kontent qismiga oʻtish

Blekpul to‘lqinli organ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blekpul to‘lqinli musiqa cholg‘usi 15 metr balandlikdagi organga o‘xshash meʼmoriy inshoot bo‘lib, 2002-yilda Buyuk Promenad-shou haykaltaroshlikning bir qismi sifatida qurilgan va Blekpulning Yangi yaqin qirg‘og‘ida (Buyuk Britaniya) joylashgan[1].

„Dengizning musiqiy ko‘rinishi" sifatida tasvirlangan bu san’at asari suv oqimi yoki dengiz organining bir nechta namunalaridan biri sanalib, boshqalari San-Fransiskodagi To‘lqin musiqa cholg‘usi va Xorvatiyadagi dengiz musiqa chog‘usidir.

Ushbu musiqa cholg‘usi haykaltarosh rassomlar Liam Kertin[2] va Jon Guding tomonidan yaratilgan bo‘lib, beton, po‘lat, rux va misdan ishlov berilgan. To‘lqin energiyasidan foydalanish, beton va metallni qotirish Blekpulning tabiiy va sun’iy muhitining o‘ziga xos xususiyatini beradi.

Musiqa asbobi dengiz to‘g‘oni devorining tashqi tomoniga biriktirilgan sakkizta trubaga to‘lqinlarning bir-biriga urilishi tufayli jaranglaydi. Bu musiqiy cholg‘u ichida 18 organ trubkasi bilan qirg‘oq ostiga biriktirilgan. Ko‘tarilgan dengiz suvi to‘lqini havoni to‘g‘on quvurlari orqali yuqoriga ko‘taradi va shu bilan organning tovushini keltirib chiqaradi. Musiqa tinglashni eng yaxshi qulay mahali – to‘lqindan 2-3 soat oldin yoki keyin yuz beradi.  Quyoshli kunlarda ushbu musiqa cholg‘usi o‘z takrorlanish qismi uchun sokin turadi. Quvurlar balandligi Si-bemol majordagi bir qator garmonikaga asoslangan[3].

To‘lqin musiqa organi - bu inson aralashuvisiz "ijro etish" qobiliyatiga ega bo‘lgan unchalik katta bo‘lmagan musiqa asboblari guruhiga kiradi. Bunga - eol arfasi va musiqa bezaklari yorqin misol bo‘la oladi.

  1. „Art to listen out for“. Blackpool Council. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-aprel.
  2. „Artist's page for Blackpool High Tide Organ“. Liam Curtin. 2013-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-mart.
  3. The sound book : the science of the sonic wonders of the world, First American edition, New York, NY.