Kontent qismiga oʻtish

Blefarit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blefarit (yun. blepharon — qovoq) — kipriklar asosining yalligʻlanishi. Koʻzning taʼsirlanishi, surunkali konʼyunktivit, moddalar almashinuvining buzilishi, meʼdaichak kasalliklari, sil, kamqonlik; koʻzning optik nuqsonlari, yaqindan koʻrish, astigmatizm, uzoqsan koʻrish, shuningdek noqulay tashqi sharoit omillari: chang, shamol, tutun va boshqa sabab boʻlishi mumkin. B.ning oddiy, poʻstloqchali, yarali, burchakli, Meybomiyev va "kosmetik"xillari farqdanadi.Oddiy B.da qovoq chetlari qizaradi, qichishadi, shishadi, kiprik tagida oqishsargʻimtir qazgʻoqqa oʻxshash tangachalar hosil boʻladi, koʻz tez toliqadi. Poʻstloqchali B.da ushbu belgilar kuchayib, kipriklar ostidagi terida oqishkulrang qazgʻoqqa oʻxshash tangachalar hosil boʻladi. Yarali B.da qovoq chetlari shishib, qalinlashadi, qizaradi, qotib qolgan yiring bilan kipriklar bir-biriga yopishib qoladi, ular koʻchirilganda qonaydi, tagida yiringli, qon aralash yarachalar koʻrinadi, kipriklar toʻkilib ketadi, koʻz qovogʻi agʻdarilishi mumkin. Burchakli B.da koʻz tirqishining tashqi burchagidagi teri va shilliq parda qizaradi, koʻz yoshlanadi, koʻpiksimon ajralma chiqadi. Meybomiyev B. Meybomiyev bezlarining koʻp sekret chiqarishidan paydo boʻlib, bunda qovoq chetlari xuddi moylangandek yaltirab turadi. " Kos metik" B. koʻproqayollargaxos boʻlib, turli krem, boʻyoq qalamlardan foydalanishi tufayli roʻy beradi. B.ning oldini olish uchun noqulay gigiyenik sharoitlarni bartaraf etish, bekamu koʻst ovqatlanish, koʻzdagi optik nuqsonlarni toʻgʻrilash zarur. B.ga chalinganda darhol vrachga murojaat etish kerak. Davosi: B.ga sabab boʻlgan omillarni yoʻqotish zarur. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, desensibilizatsiyalovchi dorilar, glyukokortikosteroidlar ishlatiladi; qovoqlar massaj qilinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil