Bivalentlar
Qiyofa
Bivalentlar (lotincha bis — ikki marta va valens, valentis — kuchli) — meyozda yadroning boʻlinishi tufayli hosil boʻlib, oʻzaro chalkashgan (konʼyugatsiyalangan) gomologik xromosomalar jufti. B. xromosomalar orasida hosil boʻlgan Xsimon figuralar — xiazmalar xromosomalar kompleksini tutib turadi. Ana shu holatda xromosomalar oʻrtasida irsiy materiallar almashinuvi roʻy beradi. Odatda B. soni xromosomalarning gaploid soniga teng boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |