Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi
Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) — BMTning asosiy organlaridan biri. Uning xalqaro va ijtimoiy hamkorlik sohasidagi vazifalarining ijrosi uchun mas’ul tashkilot. BMT Bosh Assambleyasi saylaydigan 55 a’zodan iborat; ularning uchdan biri har yili qaytadan, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bulgan davlatlar esa uzluksiz a’zolar etib saylanadi. Oʻz vakolatlariga binoan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ta’lim, sogʻliqni saqlash va hokazo sohalarga oid xalqaro masalalar yuzasidan tadkiqotlar oʻtkazadi va ma’ruzalartayyorlaydi; inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmatlashni ragʻbatlantirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqadi; BMT Bosh Assambleyasiga takdim etish uchun oʻz faoliyat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha konvensiyalarning loyihalarini tayyorlaydi, mazkur masalalar yuzasidan konferensiyalar oʻtkazadi. Oʻz faoliyatida rivojlanayotgan mamlakatlarga iqgisodiy, texnikaviy va boshqa xil yordam koʻrsatish ishiga katta ahamiyat beradi. Oliy organi — sessiya boʻlib, u yiliga 2-marta: bahorda — NyuYorkda, yozda — Jenevada oʻtkaziladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |