Kontent qismiga oʻtish

Birlashgan Millatlar Modeli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BMT modeli : Xavfsizlik kengashi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli(BMTM)-Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'lim modeli bo'lib, talabalar diplomatiya va xalqaro munosabatlarni o'rganadigan simulyatsiyalar uchun foydalaniladi. BMT modeli konferentsiyasida har bir talaba mamlakat, tashkilot yoki shaxs vakili sifatida ishlaydi va butun dunyodan kelgan boshqa delegatlar bilan muammoni hal qilishi kerak.[1][2]

Konfiensiya ishtirokchilarga tadqiqot, notiqlik, munozara ,yozish, tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash va yetakchilik kabi ko‘nikmalarni o‘rgatadi. [3][4]Model odatda darsdan tashqari mashg'ulot sifatida qo'llanilsa-da, ba'zi maktablar uni oʻquv dasturiga qo'shishni ham taklif qilishadi. Ushbu tadbir talabalarni jalb qilish va ularga hozirgi dunyo muammolari va jahon siyosatini chuqurroq tushunish imkonini beradi.[5]

BMT modeli konfirensiyasi

Delegatlar konferentsiya oldidan tadqiqot olib borishlari: o'z pozitsiyalarini shakllantirish va o'z qo'mitalarida bo'lgan boshqa delegatlar bilan muhokama qiladigan siyosiy takliflarni yaratishlari so'raladi.[1] Konferensiya oxirida delegatlar yozma siyosat (rezolyutsiya loyihalari ) bo'yicha ovoz berishadi va ovoz berish jarayonida g'olib bo'lgan takliklar qabul qilinadi. Har bir qo'mitadagi eng yaxshi natija ko'rsatgan delegatlar, shuningdek, delegatsiyalar tadbir so'nggida mukofotlar bilan taqdirlanadilar.

Ushbu konfirensiyalar orasida boshlang'ich maktabdan tortib kollej yoki universitet darajasigacha bo'lgan talabalarni qabul qiladigan konferensiyalar mavjud.[6] Ko'pgina konferensiyalar ko'pincha ushbu uchta darajadan faqat bittasiga javob beradi.[7] Delegatlar odatda konferentsiyalarda birgalikda qatnashadilar, chunki ular o'zlarining maktablari yoki universitetlarining BMT Modeli klublari tomonidan yuborilgan delegatsiyalar sifatida, lekin ba'zi delegatlar konferensiyalarda mustaqil ravishda qatnashadilar.[8]

Akademik ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birlashgan millatlar modeili. 2020-yil

Birlashgan Millatlar Tashkiloti modelida ishtirok etish muzokaralar olib borish, gapirish va muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. [1][27] Diplomatiya va siyosatning moddiy masalalariga kvazakademik jarayon orqali yondashiladi. Bundan tashqari, zamonaviy yoki tarixiy bo'lishi mumkin bo'lgan inqiroz ssenariylari bilan shug'ullanadigan inqiroz qo'mitalari yetakchilik qobiliyatlarini va kutilmagan vaziyatlarga moslashish va ularni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.[28]Konferensiyaga tayyorgarlik jarayonida har bir qo'mita uchun mavzular tanlanadi. Odatda, tadqiqot va qo'llanmalar konferensiya tashkilotchilari tomonidan taqdim etiladi. Ushbu qo'llanmalarga asoslanib, har bir qo'mita delegatlari ko'pincha o'zlari vakillik qilayotgan mamlakat yoki guruh bo'yicha o'z pozitsiyasini tadqiq qilishlari va shakllantirishlari va pozitsiyani taqdim etishlari kutiladi.[29] Mavzu bo'yicha maqola yozishdan maqsad delegatlarni muhim munozara mavzulari bilan tanishtirish, ilmiy tadqiqot va yozishni rag'batlantirish hamda konferentsiyalarga jiddiy tayyorgarlik ko'rish imkonini beradi.[29]

Shuningdek qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. "Model UN Ultimate Guide - Everything you need to know"
  2. "MUN first glance - The most important fundamentals"
  3. "What is Model United Nations?"
  4. "What does "Model United Nations" mean?"
  5. "Model United Nations Conferences Database"