Kontent qismiga oʻtish

Birinchi turk-fors urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birinchi turk-fors urushi
Turk-Fors urushlari
The Battle between Bahram Chubina and Sava Shah LACMA M.2009.44.1 (3 of 9)
Ushbu jangning Shohnomada tasvirlangan tasviri.
Sanalar 588 — 589
Urush yeri Xuroson
Natija CHoch va Samarqand Sosoniylar qoʻl ostiga oʻtdi.
Raqiblar
Sosoniylar imperiyasi Gʻarbiy turk xoqonligi,

Eftallar

Qoʻmondonlar
Bahrom Choʻbin Yil Tegin

Birinchi fors-turk urushi – 588 – 589-yillarda Sosoniylar imperiyasi va turk hukmdorlari boʻlgan Eftaliy shohliklari oʻrtasida boʻlgan jang. Urush turklar tomonidan Sosoniylar imperiyasiga bostirib kirishi bilan boshlandi. Soʻngra Sosoniylarning gʻalabasi va oldin bosib olingan yerlarni qayta egallashi bilan yakunlanadi[1].

557-yilda oʻz saltanatining nufuzini ancha oshirgan Sosoniylar shohi Xosrov I Eftaliylar imperiyasining Oʻrta Osiyo ustidan hukmronligiga chek qoʻyishga qaror qildi. Shu tariqa u eftaliylarni yengish uchun Koʻkturklar bilan ittifoq tuzdi. Reja muvaffaqiyatli tugadi va Amudaryo shimolidagi butun mintaqa turklar qoʻliga oʻtdi, janub esa Sosoniylar hukmronligi ostiga oʻtdi. Xosrov I va Turk xoqoni Istami oʻrtasida ikki imperiya oʻrtasidagi chegara deb Amudaryo belgilangan. Biroq 588-yilda Turk xoqoni (fors manbalarida Sabeh/Saba nomi bilan mashhur) oʻziga qaram boʻlgan eftaliy xalqlari bilan birgalikda Amudaryo janubidagi sosoniylar hududlariga bostirib kirdi. Balxda joylashgan sosoniy askarlariga hujum qilishdi va ularni tor-mor etishdi. Soʻngra ushbu shaharni Taloqon, Bodgʻis va Hirot shaharlari bilan birga oʻz hududlariga qoʻshib oldi[2].

Isfaxonda favqulodda kengash boʻlib oʻtdi, unda turklarga qarshi qoʻshin boshligʻi sifatida parfiyalik aslzoda Mihran oilasidan boʻlgan Bahrom Choʻbin tayinlandi. Unga Xuroson hokimligi topshirildi. Qoʻshin Nishopurda toʻplandi. Unda 12 ming tanlangan askarlar bor edi. Ular orasida otliqlar, piyodalar va jangovar fillar bor edi[3][4]. Milodiy 588-yilda Sosoniylar Xurosonning sharqiy qismiga turklar bilan jang uchun yoʻlga chiqishdi. Sosoniylar Turklar ustidan irodali gʻalabaga erishdi. Forslar Amudaryodan kechib oʻtib Buxoro yaqinidagi Boykandgacha yetib borishga muvaffaq boʻldi[5][6]. Sosoniylar endilikda Choch va Samarqand shaharlari ustidan hukmronlik qila boshladilar[7]. Firdavsiyning „Shohnoma“ (milodiy 1010) asarida Bahrom Choʻbin 12 000 askar bilan jangga kirganini batafsil tasvirlab bergan.

  1. Buddha Prakash, Studies in Indian History and Civilization, Shiva Lal Agarwala, 1962, p. 318.
  2. Rezakhani 2017, p. 177.
  3. Farrokh, Kaveh. Shadows in the Desert. pp. 245–246.
  4. Shahbazi 1988, pp. 514–522.
  5. Jaques 2007, p. 463
  6. Farrokh, Kaveh. Sasanian Elite Cavalry. p. 53
  7. Volume VIII of the online Shah Nama at [1], under „The Reign of Hurmuzd, Son of Nushirwan.“