Kontent qismiga oʻtish

Bir kishilik kameralar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bir kishilik kameralar — mahkumga nisbatan boshqa taʼsir choralarini qoʻllash ijobiy natija bermagan hollarda, uni umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning karserlaridagi bir kishilik kameralarga oʻtkazish. Bir kishilik kameralarda erkaklar 6 oyga qadar, ayollar 3 oygacha saqlash belgilangan. Bir kishilik kameralarda saqlanadigan mahkumlarga uchrashuvlar, telefon soʻzlashuvlari, posilka yoki yoʻqlov, banderollar olish hamda joʻnatish, stolda oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanish taʼqiqlanadi[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi