Biosavarlaplas qonuni
Biosavarlaplas qonuni — oʻtkazgichdan oʻtayotgan elektr toki bilan u hosil qilgan magnit maydoni kuchlanganligi orasidagi munosabatni ifodalovchi qonun. Bu qonunni 1820-yilda J. B. Bio va F. Savar topgan.
Tokli o`tkazgichlarda erkin elektronlar bo`lgani sababli tok o`tadi. Shuning uchun magnit maydonini harakatlanayotgan zarra hosil qiladi yoki elektr maydoni siljiganda magnit maydoni hosil bo`ladi. Shu maydonni hisoblash uchun Bio, Savar va Laplaslar ish olib borishgan.
Bio va Savar turli shakldagi tokli o`tkazgichlarni elektr maydonida tekshirib magnit induksiya tok kuchi I ga to`g`ri proportsional va o`tkazgichgacha bo`lgan masofaga teskari proportsionalligini tushunishgan. Laplas ixtiyoriy shakldagi tokli o`tkazgichlar atrofida nuqtalar uchun magnit induksiyasini aniqlash imkonini beradigan formula taklif qilgan.
Laplas maydonlar superpozitsiya prinspidan foydalanib shunday xulosaga keldi: bir necha toklar hosil qilayotgan natijaviy maydon har bir tok hosil qilayotgan maydonning natijaviy geometric (vector) yig`indisiga teng bo`lar ekan. Laplas birinchi bolib tok elementi tushunchasini kiritdi.
Ixtiyoriy shakldagi o`tkazgichni ixtiyoriy elementar dl bo`lakka ajratish mumkin. Elementar bo`lakcha dl tok kuchi I ga ko`paytmasini, ya`ni tok oqayotgan tomonga yo`langan I dl vector kattalikni tok elementi deb atadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |